Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Dinamo» – «Sho‘rtan» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi

«Dinamo» – «Sho‘rtan» uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsum uchun qishki transfer davomida G‘uzorning «Sho‘rtan» klubi FIFA taqiqi sabab yangi futbolchilarnii ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi.

Oqibatda klub mavsumni 15 nafar futbolchi bilan boshlashga majbur bo‘ldi. Pro liga 4-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Olimpik» uchrashuvida g‘uzorliklarning 2 nafar futbolchisi qizil kartochka oldi. Shuningdek, jamoada bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL har ikki klub bilan o‘zaro kelishgan holda uchrashuvni keyinroq muddatga qoldirishga qaror qildi. Biz mazkur holatni to‘g‘ri tushungani uchun «Dinamo» klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Ayni vaqtda «Sho‘rtan» rahbariyati Toshkentda bo‘lib turibdi. O‘FA hamda O‘zPFL bilan hamkorlikda Igor Kriushenko hamda Vitaliy Vorivonchikdan qolib kelayotgan bir necha yillik qarzdorlikni bartaraf etish ustida ish olib borilyapti. Vaziyat to‘liq iziga tushishi bilan bu haqda alohida xabar beriladi.

Qayd etish kerak, bunga qadar Pro liga 5-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Istiqlol» uchrashuvi ham o‘tkazilmasligi ma’lum qilingandi. O‘zPFL aynan shu ikki uchrashuvni jonli namoyish etish ustida UzReport bilan reja ishlab chiqqandi. Endilikda reja o‘zgardi. Futbol TV kanalida Pro liga 5-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Yangiyer» hamda «Neftchi» — «Xorazm» uchrashuvlari namoyish etiladi. O‘yinlar vaqti bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Manba: uzpfl.uz
Kiritildi: 18:06, 14.04.2021.
O'qildi: 1892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик