Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Qo‘rg‘ontepa hokimi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Qo‘rg‘ontepa hokimi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida «Bunyodkor» akademiyasining filialini ochish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani, klub direktori Ulug‘bek Mirzayev tuman hokimi Elyorbek Nabijonov bilan uchrashib, muzokara o‘tkazgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.

Kuni kecha Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Elyorbek Zokirovich «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad – akademiyamizdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish, turli yoshdagi jamoalarimizning mashg‘ulotini kuzatish, murabbiylar bilan suhbatlashish va albatta Qo‘rg‘ontepada akademiyamiz filialini ochish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish edi. 

Elyorbek Nabijonov «Bunyodkor» futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan Qo‘rg‘ontepada faoliyat boshlashi rejalashtirilayotgan klub akademiyasi filiali borasida batafsil suhbatlashildi. Jumladan, mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi, mashg‘ulot kunlari, vaqtlari, jismoniy tayyorgarlik va fiziologik o‘sishdagi foydali uslublar, zaruriy sport anjomlari hamda liboslari, shuningdek, boshqa barcha mavjud katta-kichik jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Qolaversa, Elyorbek Zokirovich «Bunyodkor» stadionini ko‘zdan kechirdi. Muzeyga tashrif buyurib, estalik daftariga dastxat qo‘ydi. Murod Otajonov murabbiyligidagi jamoamizning mashg‘ulotlarini kuzatib, tajribali mutaxassis bilan suhbatlashdi. Aytish kerak, tez orada Qo‘rg‘ontepada «Bunyodkor» akademiyasining filiali o‘z faoliyatini boshlaydi va akademiyamizda faoliyat yuritayotgan murabbiylar Qo‘rg‘ontepaga safar uyushtirib, mahalliy mutaxassislarga kichik amaliy seminar o‘tkazib qaytishadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 20:20, 14.04.2021.
O'qildi: 2552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик