Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Tomas Tuxel: «Liverpul» yoki «Real»? Yarim finalda APL klubiga qarshi o‘ynashni xohlamasdim»

Tomas Tuxel: «Liverpul» yoki «Real»? Yarim finalda APL klubiga qarshi o‘ynashni xohlamasdim»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida «Portu»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:1) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Londonliklar ushbu uchrashuvda 0:1 hisobida yutqazganiga qaramay, dastlabki o‘yindagi g‘alaba evaziga (2:0) yarim finalga chiqdi.

"Barcha choralarni ko‘rdik. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Balki, bu televizorda ko‘rish uchun juda tomoshabop o‘yin bo‘lmagandir, biroq maydon yonidan juda asabiy va tezkor o‘tgani ko‘rinib turdi. «Portu»ga qarshi harakat qilish va ularning bosimiga dosh berish juda qiyin bo‘ldi.

Biz juda yaxshi himoyalandik, quruq o‘yin o‘tkazishga haqli edik. Yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, lekin gol ura olmadik. Umuman olganda ortda qolgan 180 daqiqani inobatga olsak, biz g‘alabaga haqli edik.

Keyingi bosqichdagi raqibni tanlamoqchi emasman, biroq Chempionlar Ligasida o‘z ligamiz jamoasi bilan o‘ynashni xohlamagan bo‘lardim. Raqiblar o‘yiniga qadar hali vaqt bor. Uni tomosha qilaman, shunisi yoqimliki, uni yarim finalchi sifatida kuzataman. Bu juftlikda har narsa bo‘lishi mumkin, «Liverpul» o‘z maydonida juda kuchli. Biz esa qaysi raqib tushsa ham uni qabul qilamiz", — dedi Tomas Tuxel.

«Liverpul» — «Real» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda madridliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 14.04.2021.
O'qildi: 7450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик