Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

OCHL. «Al-Hilol» - AGMK (prevyu)

OCHL. «Al-Hilol» - AGMK (prevyu)

Baho:
+ | -

AGMK bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘zining ilk o‘yinini Osiyo giganti, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.


"A" guruhida jamoamiz Saudiya Arabistonining "Al-Hilol", BAAning "Shabab al-Ahli" va Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari bilan to‘qnash keladi.

E’tiborga molik tarafi, mazkur "kvartet"dagi ikki jamoa, ya’ni "Istiqlol" va AGMK uchun OCHL guruh bosqichidagi debyut ishtirok. "Al-Hilol" esa OCHL guruh bosqichida qatnashish bo‘yicha mutlaq rekordchi (19) sanaladi.

Bo‘lajak raqibimiz OCHLda eng ko‘p g‘oliblikni qo‘lga kiritish bo‘yicha ham peshqadamlardan biri. "Al-Hilol" "Poxang Stillerz" kabi mazkur musobaqada 3 marotaba g‘olib chiqqan.

"Al-Hilol"ni o‘tgan yil yakunidan boshlab braziliyalik Rojerio Mikale boshqarmoqda. Braziliya Olimpiya terma jamoasi bilan Rio-2016 olimpiadasi chempioni bo‘lgan mutaxassis qo‘l ostida jamoa ayni paytda Saudiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

"Al-Hilol" safida yuqori malakali top darajadagi jahon futboli yulduzlari harakat qilishadi. OCHLda legionerlarga qo‘yilgan limit tufayli "Al-Hilol" musobaqaga Sebastyan Jovinko, Kuellar Gustavo va Kurdi Amiri kabi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Jamoa Bafetimi Gomis, perulik Andre Karrilyo, argentinalik Lusiano Vyetto va Jan Xyon Suni OCHL ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, jamoaning qolgan chiziq vakillari Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zolari hisoblanadi.

AGMK OCHL guruh bosqichida qatnashadigan O‘zbekistonning 7-jamoasi aylanadi.

Jamoamiz uchun bo‘lajak bellashuv OCHL guruh bosqichidagi debyut bahs bo‘lsa, musobaqa doirasidagi umumiy hisobdagi to‘rtinchi o‘yinga aylanadi. Hozircha pley-off doirasidagi o‘tkazilgan 3 o‘yindan 2 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 07:10, 15.04.2021.
O'qildi: 5208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик