Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Manchester Siti» — Chempionlar Ligasi 2020/21 yilgi mavsumida mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa

«Manchester Siti» — Chempionlar Ligasi 2020/21 yilgi mavsumida mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa

Baho:
+-1 | -

«Manchester Siti» Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsi doirasida 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Borussiya D»ni mag‘lub etdi (2:1) va yarim finalga chiqdi.

«Shaharliklar» Chempionlar Ligasi 2020/21 yilgi mavsumida hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. «Manchester Siti» bu vaqtga qadar 9 marta g‘alaba qozondi va bitta durang qayd etdi. To‘plar nisbati — 21:3.

«Siti» o‘z tarixida ikkinchi marta va Pep Gvardiola boshchiligida ilk bor musobaqa yarim finaliga yetib keldi. Ingliz klubi 1/8 finalda «Borussiya M»ni dog‘da qoldirgan bo‘lsa (2:0, 2:0), chorak finalda «Borussiya D» taslim etildi (2:1, 2:1).

Qayd etish joiz, Gvardiola shogirdlari musobaqaning ushbu mavsumida faqat «Portu»ni yengga olmadi. Guruh bosqichidagi safar o‘yinida nursiz durang qayd etilgandi.

«Manchester Siti» yarim finalda PSJga qarshi bahs olib boradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:25, 15.04.2021.
O'qildi: 4359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик