Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Sardor Rahmonov: «Al-Hilol»da jahon darajasidagi nomlar bo‘lsa, AGMKda kuchli va ahil jamoa shakllanganini isbotladik»

Sardor Rahmonov: «Al-Hilol»da jahon darajasidagi nomlar bo‘lsa, AGMKda kuchli va ahil jamoa shakllanganini isbotladik»

Baho:
+ | -

AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov "Al-Hilol" bilan kechgan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin murakkab o‘tishini bilardik va shunga yarasha bahsga taraddud ko‘rgandik. Murabbiylarimiz raqibning kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganib chiqib, bizga tegishli ko‘rsatmalarni berishdi. Ko‘rsatmalar asosida harakat qildik va o‘ylashimcha, kuchli raqibga nisbatan munosib qarshilik ko‘rsatdik. Hech bir jihatdan ulardan qolishganimiz yo‘q. Vaziyatlar yaratishda ham nisbatan golli imkoniyatlar bizda ko‘proq vujudga keldi. G‘alabaga ham yaqin kelgandik. Lekin murosasiz o‘tgan bahs jangovor durang bilan tugadi.

Raqib safida jahon darajasidagi legionerlar harakat qildi. Ularda kuchli nomlar bor va "Al-Hilol"ning o‘yinini aynan legionerlar belgilab beradi. Bizda esa ahil jamoa shakllangan va birlashib har qanday jamoaga qarshi o‘ynash mumkinligini isbotladik. Adashmasam, Ar-Riyodda "Al-Hilol"dan ochko olgan ilk o‘zbek jamoasiga aylandik. "Al-Hilol" bilan Saudiya Arabistonida durang o‘ynash yomon natija emas. Lekin biz har bir uchrashuvga g‘alaba ilinjida maydonga tushamiz. Katta musobaqadagi ilk o‘yin o‘tdi. Hali hammasi oldinda va bizni muhim bahslar kutmoqda. Maqsadimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish va bu yo‘lda bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Shu o‘rinda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman va kelgusi o‘yinlarda ularni yanada xursand etishga urinamiz", — dedi Sardor Rahmonov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 19:31, 16.04.2021.
O'qildi: 3402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик