Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mirjalol Qosimov: "Ertaga muxlislarni qizg‘in derbi kutmoqda"

Mirjalol Qosimov: "Ertaga muxlislarni qizg‘in derbi kutmoqda"

Baho:
+ | -

OCHL "A" guruhi 2-tur doirasidagi AGMK - "Istiqlol" o‘rtasidagi o‘yindan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga yarim himoyachi Mirjamol Qosimov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: - Ertaga Xudo xohlasa bizni yana bir juda ham muhim o‘yin kutib turibdi. "Istiqlol" bizga qo‘shni jamoa, shu boisdan o‘ziga xos derbi bo‘ladi. O‘zbekiston va Tojikiston jamoalarining o‘zaro o‘yinlari azaldan derbi maqomida qizg‘in to‘qnashuv bo‘lib kelgan. O‘ylaymanki, ertaga muxlislar chiroyli futbol guvohi bo‘lishadi. Hech bir o‘yin oson bo‘lmaydi. Avval aytganimdek, har bir uchrashuvga chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba ilinjida maydonga tushamiz. "Istiqlol" jamoasi tartibli futbol namoyish etmoqda. Ularning ichki chempionat o‘yinlari, xususan superkubok va "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. "Istiqlol" jamoasi qarshi hujumlarga tayanib o‘ynaydi. Raqibning tartibli va chuqur himoyasini yorib kirishga va qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilamiz. Bu oson bo‘lmasligi aniq. Ertangi o‘yinga jamoamiz tayyor va biz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

— 2 yil avval OCHL saralash o‘yinida "Istiqlol" bilan AGMK to‘qnash kelgan va unda g‘alaba qozongansizlar. Bu jihat sizlarga ruhiy ustunlik beradimi?
— Olmaliqdagi o‘yin tarixga aylangan. Bu albatta jamoamiz va muxlislar uchun yoqimli tarix sifatida qolgan. Lekin ertangi bahs butkul boshqa va yangi chaqiruv bo‘ladi. Biz ertaga ham Xudo xohlasa o‘sha yoqimli damlarni ishqibozlarga taqdim etishga harakat qilamiz.

— AGMK hujumkor futbol ko‘rsatadi, ertangi raqib "Istiqlol" esa himoyaviy. Ertangi bahsda taktik taraflama o‘zgarish bo‘ladimi?
— Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga va raqibning himoyasini yorib o‘tishga harakat qilamiz. Bu oson bo‘lmaydi. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, "Istiqlol" himoyadan tezkor qarshi hujumga o‘tishda xavfli. "Istiqlol" safida Manuchexr Jalilov va Huseyn Dog‘an kabi yaxshi va tezkor futbolchilar bor. Imkon qadar raqibga qarshi hujumga o‘tib ketish imkoniyatini berish kerak emas. Lekin bu ishni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Biz raqibning tartibli himoyasini yorib o‘tish barobarida ularni qarshi hujumga o‘tib ketmasliklarini ta’minlashimizga to‘g‘ri keladi.


Mirjamol Qosimov (AGMK jamoasi yarim himoyachisi): "Avvalambor Assalomu alaykum. Bosh murabbiyimiz aytganlaridek, ertangi o‘yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Bu yerga jamoamiz shunchaki kelgani yo‘q. OCHLda oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Guruhda kuchli jamoalar yig‘ilgan. Xudo xohlasa ertangi o‘yinga barcha futbolchilar bilan yaxshi harakat qilib, o‘zbekistonlik muxlislarga g‘alabani tortiq etishga urinamiz. Ikki yil avvalgi o‘yin tarixga aylangan va bizni ertaga yangi bahs kutmoqda. Shu boisdan ham avvalgi uchrashuvni esdan chiqarib, unga chalg‘imasdan bor diqqat-e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratishimiz lozim. Xudo xohlasa ertaga muxlislarni yana bir bor xursand qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz".

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 20:18, 17.04.2021.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.