Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Florentino Peres katta intervyu berdi

Florentino Peres katta intervyu berdi

Baho:
+ | -

Yangi tashkil etilgan Yevropa superligasi asoschilaridan biri Florentino Peres El Chiriguito kanaliga intervyu berdi. Men uning gaplaridan asosiylarini tanlab, sizga qisqa variantini keltirib o‘taman.

— Futbol og‘ir ahvolda. Superliga esa klublarni moliyaviy inqirozdan qutqarib qoladi. Chempionlar ligasiga nisbatan raqobatli bo‘ladigan Superliga yo‘qotishlar kamayishiga sabab bo‘ladi. Translyasiyadan boshqa daromad qolmayapti, bu degani o‘yinlar jozibasini oshirish kerak va katta klublarni o‘zaro o‘ynatish kerak.

— O‘z klubim misolida aytaman, Real bu mavsum 400 mln yevro yo‘qotdi. Bu boshlanishi, lekin hech narsa qilinmayotgandi, vaziyat esa og‘ir. Raqobatli o‘yinlardan tushadigan foydadangina klublarni qutqarish mumkin. Buning chorasi faqat Superliga. Futbolga qiziqish yoshlar orasida 40% ga tushib ketti. 16-24 yoshlilarni futbol qiziqtirmay qolmoqda. Saviyasiz o‘yinlar sabab. Va biz chora qidirdik.

— Bu faqat katta klublar uchun emas, barcha uchun foydali bo‘ladi. Pulimiz ko‘p bo‘lsa kichikroq klublarga transferlar uchun to‘lay olamiz va yordam beramiz. Superliga yopiq turnir emas, bu yolg‘on, ochiq bo‘ladi va istagan jamoa unga chiqa oladi.

— Manchester Siti, Chelsi va Realni CHLdan, MYU va Arsenalni esa YEL yarim finallardan chetlata olishmaydi. Bu aniq. Futbolchilar xalqaro turnirlar va terma jamoalardan chetlatilmaydi, bunday qila olishmaydi.

— Biz UYEFA bilan munozaraga kirishga xarakat qilamiz. Lekin bunga erisha olmasak ham ortga chekinmasligimiz aniq. Shu yil Superliga start olishi uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. Hakamlar va VAR ham bo‘ladi, yanada sifatli hakamlik bo‘ladi.

— Agar Bavariya va PSJ rozilik berishmasa, Superliga ularsiz o‘tadi.

Real Madrid haqidagi savollarga javoblar:

— Krishtiano Ronaldu Realga qaytmaydi, bunda ma’no yo‘q.

— Serxio Ramosni juda yaxshi ko‘raman. Ammo hozir moliyaviy ahvol yomon. U ketadi demoqchimasman, biroq hamma narsa bo‘lishi mumkin.

— Mbappe haqida ko‘p so‘rashadi. Men u bilan gaplashmaganman. PSJ bilan qanday kelishuvi bor bilmayman. Biladiganim shuki, u zo‘r o‘yinchi. Vinisiusni Mbappega almashish haqidagi gap yolg‘on, Vinisius bizda qoladi.

— Xolandning otasi mashg‘ulot bazamizga kelib ketgan. Shunchaki ko‘rib yuqori baho berib ketti. Boshqa gap yo‘q. Xoland va Mbappe ikki iste’dod.

— Zidan top murabbiy va uning biz bilan shartnomasi bor. Uyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi.

Davron Fayziyev

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 08:51, 20.04.2021.
O'qildi: 6562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик