Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Jahon futbolida yangi qoida

Jahon futbolida yangi qoida

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA va UEFA jahon futboli uchun muhim hisoblangan qator islohotlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda: «moliyaviy feyr-pley»ga munosabatni o‘zgartirish, shuningdek, ishga kliring palatasini jalb etish, futbolchi pasportini elektron formatga o‘tkazish va har bir transferdan tushum olish.

«MFP» kelajagi

Yaqinda italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri va La Gazzatta dello Sport gazetasi UYEFA «moliyaviy feyr-pley»ni bekor qilmoqchiligi, klublarga kelishuvlarni amalga oshirishda ko‘proq erkinlik beradigan moliyaviy nazorat tizimini yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida xabar tarqatishdi.

Tashkilot chindan ham «MFP» kelajagini muhokama qilmoqda. UYEFAning tadqiqotlar va moliyaviy barqarorlik masalalari bo‘yicha direktori Andrea Traversoning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan inqiroz tufayli hozirgi format ahamiyatini yo‘qotdi. Shu bois, Yevropa futboli boshqaruv organi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmagan shaxslar va ekspertlar fikrini o‘rganmoqda.

«Aksariyat klublarda hozirgi vaziyatda ishlash imkoniyati - xususan, maoshlar va badal pullarini to‘lash - murakkab vazifaga aylandi, - dedi Traverso The Guardian nashriga bergan intervyusida. - Pandemiya vujudga keltirgan o‘zgarishlar ta’sirida o‘tmishga qarab ish ko‘rish mantiqsizdek ko‘rinmoqda. Shunday ekan, qoidalarda hozirgi payt va kelajakka ko‘proq e’tibor qaratish, yirik miqdordagi maoshlar va transfer bozori muammolariga urg‘u berish kerak».

Hozircha inqiroz ko‘lamini taxminan baholash mumkin, biroq shu raqamlar ham hayratlanarli: Off the Pitch tahlillariga ko‘ra, Yevropaning 20ta top-klubi 2020 yilda qariyb 1,15 mlrd. yevro yo‘qotishdi. Joriy yilda ham ko‘plab cheklovlar saqlanib qolgani klublarga avvalgidek daromad orttirish imkonini bermasligi inobatga olinsa, vaziyat taxminan mavsum-2022|2023gacha o‘nglanishi mumkin bo‘ladi.

Eng ko‘p ziyonni Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Portugaliya va Bolqon klublari ko‘rishdi - u yerda moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari, transfer faolligi ham pasaydi: yozda 40 foizga, o‘tgan qishda 56 foizga. Traverso «MFP»ning hozirgi qoidalarini ayni paytdagi sharoitlarga moslashtirish imkonsiz ekanligini ta’kidladi, ammo ularni hech kim bekor qilmaydi: mutasaddi Italiya OAVdagi xabarlarni shunchaki mish-mishga yo‘ydi. «Qoidalar turlicha bo‘lishi mumkin, albatta, ammo bu ularning nisbatan yumshatilishini ham anglatmaydi, - dedi u. - Aksincha, vaziyat og‘irlashgan pallada qoidalar yanada ko‘proq qat’iylikni talab etadi».

O‘tgan yilning bahorida UYEFA «MFP» bo‘yicha biroz yengillik kiritgandi, biroq Traverso yangi qoidalar kuchga kirgunga qadar ushbu yengillik muddatini uzaytirish yoki uzaytirmaslik masalasida aniq ma’lumot bermadi. Katta ehtimolki, jarayon yil oxirigacha saqlanib qoladi. Demakki, «MFP»ning taqdiri bo‘yicha savolga aniq javob olish imkonsiz.

Kliring palatasi

Clearing House - futbolchilarni tarbiyalaganlik uchun rag‘batni taqsimlash va to‘lash avtomatizasiyasiga mas’ul bo‘lgan alohida tuzilma. Loyiha 2018 yildan buyon ishlanmoqda va 2022 yildan amalga tatbiq etilishi mumkin.

U quyidagicha ishlaydi:

- FIFA futbolchi pasportini tekshiradi, agar hammasi yaxshi bo‘lsa, to‘lov qo‘llanmalarini kliring palatasiga jo‘natadi;

- palata futbolchi o‘tgan klubga muayyan jamoaga qancha pul to‘lashi kerakligi bo‘yicha xabar jo‘natadi;

- klub kliring palatasiga pul to‘laydi;

- palata pulni jamoalar o‘rtasida taqsimlab, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha FIFAga hisobot beradi. Agar klub majburiyatini bajarmasa, FIFA sanksiyalariga uchraydi.

Tashkilot futbolchilarga mo‘ljallangan barcha to‘lovlar kliring palatasidan o‘tishini xohlamoqda, zero jahon futbolini boshqaruvchi organ transfer bozoridagi barcha vositalar harakatidan xabardor bo‘ladi.

Futbolchining elektron pasporti

Clearing House nomli yangi tizimning ishini soddalashtirish uchun FIFA futbolchilarning raqamli pasportini kiritishga qaror qildi, hujjatga o‘yinchilar faoliyati bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar kiritiladi. Hozirgacha har bir mamlakatning o‘z hujjat formati va bazasi bo‘lgan, endilikda barchasi bir joyda saqlanadi.

Transferlardan tushum

Transferlarga 1 foiz miqdorida tushum qo‘shiladi: ushbu vositalarning ma’lum qismi FIFA tomonidan yoshlar rivojiga investisiya kiritayotgan klublarga taqsimlanadi.

Agentlik to‘lovlari

FIFA shuningdek, agentlar faoliyatini tartibga soladigan loyihani ham ishlab chiqdi. O‘zgaradigan jihatlar quyidagicha:

- futbol vositachilariga mo‘ljallangan, 2015 yilda bekor qilingan lisenziyalash jarayoni qaytariladi: testdan yaxshi o‘tilmasa, futbolchilar bilan kelishuv bekor bo‘ladi;

- agentlar muayyan o‘tishdan olingan daromadlar bo‘yicha hisobot topshirishadi;

- qo‘shimcha to‘lovlarga cheklov qo‘yiladi: agar agent jarayonda sotuvchi klub nomidan qatnashsa, kelishuvdan maksimum 10 foiz; agar xaridor klub vakili bo‘lsa - 6 foiz; bevosita futbolchi nomidan bo‘lsa - 3 foiz olishi mumkin.

- agentlarga ham xaridor, ham sotuvchi sifatida qatnashish taqiqlanadi;

- agentlar bilan kelishuv muddati uzog‘i ikki yilni tashkil etadi;

- futbolchining oila a’zosi agentlik faoliyatini yuritish bo‘yicha maxsus lisenziyaga ega bo‘lmasa, unga futbolchining ishlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi;

- agentlarga mo‘ljallangan qo‘shimcha to‘lovlar «FIFA banki» - tashkilotning hisob-kitob palasi orqali to‘lanadi.

Mazkur o‘zgarishlar 2022 yilning yozgi transferlar oynasidan boshlab kuchga kirishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: «MFP»ga 2009 yili Mishel Platini UYEFA prezidentligi davrida asos solingan, qoida mavsum-2011|2012dan kuchga kirgandi. Ushbu tartibga ko‘ra, klublar oladigan daromadlaridan ko‘p harajat qilolmaydilar.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:50, 20.04.2021.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.