Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Diyor Imomxo‘jayev: «Dinamo» – «Sho‘rtan» o‘yini qoldirilgani masalasida

Diyor Imomxo‘jayev: «Dinamo» – «Sho‘rtan» o‘yini qoldirilgani masalasida

Baho:
+ | -1

Ba’zida ayuhannos soladigan kishilarni tushunish qiyin. Agar sen jurnalist bo‘lsang, maqola yozishdan avval kichik surishtiruv o‘tkazish qiyin emas. Chunki PFL bugun istalgan mavzu yuzasidan ochiq muloqot qilishga tayyor tashkilot.

«Sho‘rtan» klubi faoliyatini to‘xtatishga juda yaqin keldi. Mana shunday vaqtda PFL Samarqand klubiga talab bilan emas, taklif bilan chiqdi. «Dinamo» vaziyatni tushundi va o‘yinni qoldirishga rozi bo‘ldi. Buning uchun Hakim Fuzaylov va «Dinamo» rahbariyatiga faqat rahmat aytishimiz kerak. Buning Pro liga saviyasiga dahli yo‘q. Biz o‘zimizdan avval ishlagan shaxslarning xatolari bilan kurashishga mahkum odamlarmiz.  

"Istiqlol"ning musobaqa bilan xayrlashgani ham PFL aybi emas, bu butun dunyo ligalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat. «Dinamo»ning Farg‘onaga borib kelgan harajatlari uchun ham PFL javob bermaydi. Chunki PFL yil avvalida Reglament taqdim etgan va unda biror jamoa musobaqadan chiqib ketsa, qanday holat qo‘llanilishi aniq va tiniq yozilgan. Har bir klub shu Reglamentga rozi bo‘lib, musobaqaga kirishgan.

«Sho‘rtan» 7 yil deganda Igor Kriushenko hamda Vitaliy Vorivonchik pullarini bugun to‘lab berdi. Bir necha kun ichida FIFA klubga nisbatan taqiqni olib tashlaydi. Buning oson kechmaganini faqat shu ish ichida bo‘lganlar juda yaxshi biladi. «Sho‘rtan»ning bugungi tarkibi bir tan bo‘lib, eski yaralarning deyarli hammasiga malham qo‘yib chiqdi.

Nega «Sho‘rtan» klubining shu muammosi yillar davomida hal etilmagan? Nega mana shu ishlar uchun «Sho‘rtan»dan kimdir chiqib javob bermagan? Tezkor jurnalist nega shu masala bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmagan? Yillar davomida PFL FIFA talablari masalasida nega ishlamagan? Biz 2 yil ichida FIFA bilan bog‘liq 20 ga yaqin ishni yopmadikmi? Soqov tashkilotni odamlarga maksimal darajada yaqinlashtirmadikmi? Yoki siz bizga hammasi oson deysizmi? Biz futbol ichida ham eskilik sarqitlariga, nohaqliklarga qarshi kurashmay, qo‘l qovushtirib o‘tiribmizmi?

Jangda hech kimga oson bo‘lmaydi. Biz katta yo‘lga chiqqan kichik karvonmiz, niyatimiz xolis. Maqsad uchun yo‘l oson emasligini bilganmiz, o‘zimizdan o‘tayotganlari o‘zimizga ma’lum. Vaqti kelib qilganlarimiz haqida albatta hisob beramiz. Hozir esa yana bir klubimizning yana bir xalqaro muammosi hal bo‘layotganidan oz bo‘lsa-da taskin topamiz.

Ammo mana ko‘rasiz, ertaga boshqa klub legioneri bilan shunday muammo chiqadi va oxirida ayrimlar bizni tanqid qiladi. Futbol qiziq bizda, kimlardir bunda go‘shtning aynigan ekanini dorixonadan ko‘rishdan ham uyalishmaydi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 04:19, 21.04.2021.
O'qildi: 3315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.