«Roma» hujumchisi Pedro Rodriges jarohati bois jamoasiga Yevropa ligasi yarimfinalida yordam bera olmaydi.
33 yoshli futbolchining o‘ng oyoq muskullarini shikastlab olgani aytilmoqda. U taxminan 10 kunlar mobaynida maydonga tusha olmaydi. Bu esa Pedroning «Manchester Yunayted»ga qarshi Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynay olmasligini anglatadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Pedro 35 o‘yinda maydonga tushib 5 gol va 3 assist muallifiga aylandi.