Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Jasur Abduraimov: "Biz qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz"

Jasur Abduraimov: "Biz qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O‘yin haqida
— Futbol hozir shunaqa, kim oxirigacha chidasa, konsentrasiyani yo‘qotmasa g‘alaba qozonadi. Qo‘qonda kechgan o‘yinda biz shu kabi holatda yutib ketgandik. Bugun yigitlarda oxirigacha bo‘lgan konsentrasiya yetishmadi. O‘yinni ko‘rdinglar, bugun yigitlar yomon o‘ynamadi. Ularga bir oz vaqt kerak. Meni xursand qilgan tomoni yigitlar hujumkor o‘yin namoyish etmoqdalar. Shundan kelib chiqib bizda vaziyatlar yuzaga kelayapti.

— O‘yindagi vaziyatlarni tahlil qilib chiqdingizmi?
— O‘yindan so‘ng video operatordan tasvirlarni olib o‘tkazib yuborilgan gollarni ko‘rib chiqdik. Qayerda xato qildik, qanday gol o‘tkazib yubordik, bularni tahlil qildik. Yigitlarga o‘z xatolarini ko‘rsatdik, ularga bu kabi vaziyatlarda boshqacha o‘ynash kerakligini tushuntirdik.

— "Metallurg" kubokda qanday natijani maqsad qilgan?
— Jamoamiz oldida o‘zimizni o‘yinimizni sifatli ko‘rinishga olib kelish vazifasi turibdi. Chiziqlar va jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yib olsak, sifatli o‘yin ko‘rsatsak natija o‘z-o‘zidan kelaveradi.

— Bugungi o‘yinda hujumkor o‘yin jamoangizga pand berdimi?
— Hujumda o‘ynasak, albatta qarshi hujumda xavf yuzaga keladi. "Mash’al" ikkinchi bo‘limda qarshi hujum taktikasiga asoslanib o‘ynadi. Bu futbol, natijaga qarab biz yutqazdik. Lekin o‘yin tomonlama yutdik deb o‘ylayman. "Metallurg" doim hujumkor o‘ynaydi. Biz hozirda qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz.

— Ivan Nagayev ko‘rsatgan o‘yin haqida nima deya olasiz?
— Nagayev hozirda o‘z darajasida o‘ynay olmayapti. O‘yinlar davomida formaga tushib boradi. U tezkor futbolchi, o‘yini chiqsa u juda kuchli futbolchi bo‘ladi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:13, 21.04.2021.
O'qildi: 1441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик