Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari o‘z muxlislari bilan uchrashishdi

“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari o‘z muxlislari bilan uchrashishdi

Baho:
+ | -

Qo‘qon – o‘zbek futbolining vatani. Bu shaharda futbolni  yaxshi ko‘rishadi. Bugun Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasining rahbarlari, murabbiylar hamda futbolchilar jamoaning ashaddiy , jonkuyar muxlislari bilan uchrashishdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad jamoadagi muhit, so‘nggi o‘yinlardagi qoniqarsiz natijalar haqida ochiqchasiga so‘zlashish edi.

Uchrashuvda dastlab “Qo‘qon-1912” jamoasining prezidenti Baxtiyor aka Tolipov so‘z olib, barchani ramazon oyi va bugungi juma ayyomi bilan tabrikladilar. Jamoa rahbari barcha muxlislarga futbolchilarni har qanday vaziyatda qo‘llab turganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, qisqacha stadionda muxlislarning o‘zlarini tutishlari va karantin qoidalariga rioya etish masalasiga to‘xtalib o‘tdilar.

-“Namangandagi tartibsizliklar bizga saboq bo‘lishi lozim. Qo‘qon xalqi o‘zining yuksak madaniyati bilan butun dunyoga namuna bo‘lib kelgan. Futbolchilar sizlarni xursand qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflashmoqda va bundan buyog‘iga yanada qattiqroq ishlashadi. Buning uchun sizlardan jamoamizni chiroyli tarzda qo‘llab-quvvatlab turish lozim bo‘ladi. Qolaversa yurtimizda karantin qoidalari yana kuchaytirildi. Navbatdagi o‘yindan boshlab stadionga albatta niqob bilan kelishlaring hamda oraliq masofani saqlab o‘tirishlaringni iltimos qilaman.

Bugungi uchrashuvga biroz davolanishda bo‘lganligi sababli Baxtiyorjon Ashurmatov yetib kela olmadi. Biz barcha talab istaklaringni bajo keltirishga qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Bosh murabbiyimizga ishonamiz, Ashurmatov jamoani qiyin xolatdan olib chiqa oladi va navbatdagi o‘yinlarda yigitlar albatta sizlarni xursand qilishadi”- dedi jumladan B Tolipov.

Shundan so‘ng muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan jamoa rahbariga, murabbiylarga yuzlanishdi. Savollarga  jamoa rahbari Baxtiyor aka Tolipov hamda  katta murabbiy Zohid Nurmatovlar  batafsil  javob berdilar.  Uchrashuv qizg‘in munozaralar va savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Jamoamizning yoshi ulug‘ muxlislari yigitlarga oldinda kutib turgan o‘yinlarda omad tilab, bosh murabbiyga esa yaratgandan shifo so‘rab duolar qilishdi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 17:55, 23.04.2021.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик