Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

OCHL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

OCHL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida doirasida "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubiga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazdi.

Vakillarimiz, avvalgi o‘yindan farqli o‘laroq, ancha yaxshi to‘p tepishdi. Shu bilan birgalikda, raqibning xavfli hujumchisi Kayoning erkin harakatlanishiga imkon berishmadi.

Piter Xyuistra shogirdlari juda ko‘p vaziyatlar yaratishdi, ammo ulardan foydalanishda oqsashdi. Toshkentliklar hisobni 59-daqiqasida ochishdi. Alijonov raqib jarima maydoni chizig‘i ustidan zarba berdi, Derdiyo‘q esa to‘pni darvozaga burib yubordi.

Shundan keyin "Paxtakor" to‘pni nazorat qilishga intildi, "Sharja" esa o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida bitta hujum qildiyu, gol urib ketdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Muhammad Xalfan darvozamizga joylab qoldi. Bu vaziyatda markaziy himoyachilar sust harakat qilishdi.

Shu tariqa, "Paxtakor" suv va havodek zarur bo‘lgan g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Jamoaning ochkolari 3taga yetdi va klub o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi.

OCHL. "A" guruhi, 4-tur
"PAXTAKOR" - "SHARJA" - 1:1 (0:0)
Gollar: Eren Derdiyo‘q (59) — Muhammad Xalfan (87)
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo‘jayev (68), Farrux Sayfiyev (80) — Ali Muhammad (64)
"Paxtakor": 32. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov (s), 23. Sherzod Azamov, 34. Farruh Sayfiyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 19. Sharof Muhitdinov, 28. Diyor Xolmatov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 79), 18. Hojimat Erkinov, 10. Dragan Cheran, 9. Eren Derdiyok (Abror Ismoilov 79)
"Sharja": 40.Odil Al Husani, 4.SHahin Abdalla, 7.Kayo, 8.Muhammad Abdulbosit (Saif Rashid 72), 14.Holid Bavazir (Igor Koronado 80), 17.Ali Muhammad (Abdulaziz Kaabiy 80), 18.Abdalla G‘anim, 19.Holid Ibrohim, 23.Salim Solih (Muhammad Xalfan 84), 27.Luan Pereyra, 29.Otabek Shukurov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:59, 24.04.2021.
O'qildi: 6322 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.