Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Sekeyra: "Ro‘za oyida raqibdan bir kishi kam bo‘lib o‘ynash oson emas"

Sekeyra: "Ro‘za oyida raqibdan bir kishi kam bo‘lib o‘ynash oson emas"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Kubogining 2-turi doirasida «Turon» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Lokomotiv» bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinni yaxshi boshlay olmadik. Startda o‘zimizni ko‘rsata olmadik. Dastlabki 15 daqiqalikdan keyin o‘zimizga keldik va o‘yinimiz ochilib ketdi. Bugun o‘yin uslubimizni biroz o‘zgartirdik. Maqsadimiz - Timurxo‘ja Abduxoliqov hamda Marat Bikmayevni yonma-yon o‘ynatish edi. Ular biz mo‘ljallagan pressingni uyushtirishi talab qilingandi. Raqiblar hujumda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagani sababli himoyada to‘pni oldinga tepib yuboraverishdi.

Uchrashuv yakuniga 20 daqiqa qolganida 10 kishi bo‘lib qoldik. Ro‘za oyida raqibdan bir kishi kam bo‘lib o‘ynash oson emas. Shunday bo‘lsada, futbolchilar intilishdi va xarakter ko‘rsata olishdi. Shu orqali ular o‘zlari istagan natijaga erisha olishlarini namoyon qila olishdi va so‘nggi daqiqalarda gol urishga erishishdi. Bu juda qiyin, doim ham o‘xshayvermaydi. Yana bir bor «Lokomotiv» futbolchilarini tabriklayman. Shuningdek, bu g‘alaba shu yerda ishlaydigan barchaga, muxlislarga ham bag‘ishlanadi. Futbolchilar esa fantastik o‘yin namoyish qilib berishdi.

Ramazon oyida 9 kun ichida 3ta o‘yin o‘tkazish, ustiga ustak 16:30da - juda qiyin. Nukusda ham issiq havo bo‘ladi. 3 kundan keyin u yerda o‘yin o‘ynaymiz. U yerda ham yutishga harakat qilamiz. Biroq oson bo‘lmaydi. Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. U yerda maydon sun’iy. Biroq har bir futbolchimga ishonaman. Kim maydonga tushadigan bo‘lsa, o‘zining maksimal kuchini namoyish qiladi", - deydi Sekeyra.

Kiritildi: 23:01, 24.04.2021.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.