Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdik"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Rubin" (4:0) uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Bugun 3 ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgandik va unga erishdik. Yigitlarga "Bunyodkor" - "Rubin" o‘yini natijasiga (10:0) e’tibor qilmasliklarini tayinlagandim, asosiysi g‘alaba edi. Bugun kam maydonga tushayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. O‘yin ustunligimiz ostida o‘tdi, natija ham buni ko‘rsatib turibdi. Ba’zi futbolchilarimizda texnik-taktik xatolar bo‘lib turdi. Raqiblarning darajasi bugun ko‘rinib qoldi.

O‘tgan turdagi Jizzaxdagi bir ochko bizni qoniqtirdi. Sababi "So‘g‘diyona" medallar uchun kurashmoqda, turnir jadvalida ham bizdan yuqorida turibdi. Qolaversa, ular o‘z maydonida o‘ynadi va tajribali futbolchilarga ega.

28 aprel kuni "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, shu bois bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdik. Tan olish kerak, bizda bitta tarkib bor.

Kubok bahslarida ham VAR tizimi ishlasa yaxshi bo‘lardi. Bahsli vaziyatlarda VAR yordam beradi.

OFK kubogi haqida? Oldindan hech qanday va’da bera olmaymiz. Hozirga qadar Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatib o‘rgandik. O‘ylaymanki, OFK kubogida maksimum harakat qilib yaxshi natijaga urinamiz", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:05, 25.04.2021.
O'qildi: 2195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик