Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Manchester Siti» joriy mavsumdagi dastlabki sovriniga «Tottenxem»ni mag‘lub etib ega chiqdi

«Manchester Siti» joriy mavsumdagi dastlabki sovriniga «Tottenxem»ni mag‘lub etib ega chiqdi

Baho:
+ | -

Angliya Liga Kubogi final bosqichi doirasida «Manchester Siti» hamda «Tottenxem» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Londondagi «Uembli» o‘yingohida kechgan bahs, Manchester klubining 1:0 hisobidagi, minimal g‘albasi bilan o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda so‘nggi daqiqalarga qadar darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Biroq 85 daqiqada Kevin De Bryuyne standart vaziyatdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi va unga hammadan baland sakragan Laport Lyoris darvozasiga gol kiritdi. Shu tariqa, yakunda hisob o‘zgarmadi va Pep Gvardiola shogirdlari ketma-ket 4-bor ushbu sovringa ega chiqishdi.

«Manchester Siti» – «Tottenxem» 1:0 (0:0, 1:0). Final. «Uembli»

Gol: 1:0 – 82 Laport.

«Manchester Siti» – Steffen, Joau Kanselu, Laport, Uoker, Ruben Diash, Foden, Gyundogan, Marez, Fernandinyo (Rodri, 84), Sterling, de Bryuyne (Bernardu Silva, 87).

«Tottenxem» – Lyoris, Regilon, Orye (Bergveyn, 90), Alderveyreld, Dayer, Lo Chelso (Sissoko, 67), Xeybyerg (Alli, 84), Lukas Moura (Beyl, 67), Uinks, Son Xin Min, Keyn.

Ogohlantirishlar:
Regilon (27), Laport (45), Fernandinyo (59).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:51, 25.04.2021.
O'qildi: 3211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик