Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Mirjalol Qosimov: «Futbolda kimdir yo‘l qo‘ygan xatodan kimdir foydalanib ketadi»

Mirjalol Qosimov: «Futbolda kimdir yo‘l qo‘ygan xatodan kimdir foydalanib ketadi»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi AGMK - "Al Hilol" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ertangi o‘yin juda ham muhim. Qolaversa guruhdagi to‘rtta jamoada ham imkoniyat bor. Barcha jamoada birinchi o‘ringa chiqib olish uchun imkoniyat mavjud. Tanganing ikkinchi tarafi, ertangi bahsda ochko yo‘qotilishi musobaqadagi imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Biz oxirigacha harakat qilib, imkoniyatdan foydalanishga intilamiz. "Al Hilol" bilan uchrashuvda natija uchun kurashamiz».

— "Al Hilol" bilan dastlabki o‘yinda durang qayd etgansizlar. Raqib haqida ma’lumotlar yetarli. Bu jamoangizga ertangi bahs oldidan ustunlik berishi mumkinki? Shuningdek, jamoa 12 kun ichida beshinchi o‘yinda maydonga tushadi. Jismoniy toliqish qanchalik seziladi?

— «"Al Hilol" juda ham kuchli jamoa. Lekin oxirgi turda ular "Istiqlol"ga yutqazishdi. Umuman futbolda mag‘lub bo‘lmaydigan jamoa yo‘q. "Al Hilol"ni o‘rganib chiqdik, tarkibdagi barcha futbolchilar safda. Ertaga albatta yaxshi natija uchun o‘ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz. Futbol shunaqa narsaki, unda kimdir xato qiladi va boshqa foydalanib ketadi. Oddiy bir kichik elementar xato o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Imkon qadar kamroq xato qilib, imkoniyatdan maksimal foydalanish lozim. O‘ylaymanki, ertaga juda ham qiziqarli o‘yin bo‘ladi. To‘g‘ri, ketma-ket beshinchi o‘yin. Balki jismoniy toliqish sezilishi mumkin. Jamoada rotasiyalar ham qilinadi»

— Matbuotda "Al Hilol" haqida tanqidlar juda ko‘p uchramoqda. Lekin shunga qaramay "Al Hilol" baribir juda kuchli jamoa. Mazkur jarayonlar haqida nima deya olasiz?

— «"Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Futbolda hech kim mag‘lubiyatlardan sug‘urtalanmagan. "Istiqlol" "Al Hilol" bilan o‘yinda juda ham yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda o‘ynab, vaziyatlardan foydalandi. "Istiqlol"ga tasanno. Mazkur o‘yinni ko‘rib chiqdik. Avval ta’kidlaganimdek, "Istiqlol" himoyasini yorib o‘tish juda mushkul. "Al Hilol" ham bunga qiynaldi va e’tiborni hujumga qaratgan holda himoyani esdan chiqarib, qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordi. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Shunisi bilan ham qiziq futbol»

— "Istiqlol" yaxshi himoyalanganini ta’kidlab o‘tdingiz. "Al Hilol"ga qarshi o‘yinda ertaga jamoangiz ham shunday himoyaviy uslubdan foydalanadimi?

— «"Al Hilol" bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Chunki raqib juda kuchli jamoa va yuqori darajadagi ijrochi futbolchilarga ega.

Manba: @pfcagmk
Kiritildi: 21:20, 26.04.2021.
O'qildi: 2606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.