Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Zidan : «Chelsi»ni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatni ishga solishga majburmiz»

Zidan : «Chelsi»ni mag‘lub etish uchun bor imkoniyatni ishga solishga majburmiz»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bu uchrashuv mavsumdagi eng qiyin o‘yin bo‘ladi. Chempionlar ligasi o‘ziga xos musobaqa, ammo biz bu turnirda ko‘p muhim o‘yinlarni o‘tkazdik. Yarimfinalda hech kimga oson bo‘lmaydi. Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz, himoyada ham yaxshi ishlab, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz.

«Chelsi» yarimfinalga qadar yetib kelish uchun katta hajmdagi ishni bajardi. Bunday fikrni «Real» haqida ham aytishim mumkin. Mavsum yakunigacha bir oy vaqt qoldi. Shu bois bir yillik mehnatimiz haqi ham har qanday holatga qaramay, mavsumning eng muhim pallasida oxirigacha kurashamiz. 

Albatta, tarkib borasida muammolarimiz yetarli, ammo raqiblarimizda ham bu borada hammasi joyida deb bo‘lmaydi. «Real» qolgan barcha o‘yinda bor kuch va imkoniyatini sarflaydi», - deya madridliklarning fransiyalik murabbiyi fikrini keltirmoqda UYEFA rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, «Real» - «Chelsi» o‘rtasidagi yarimfinalning dastlabki o‘yini 27 aprel, seshanba kuni Madridda, javob uchrashuvi esa 5 may kuni Londonda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:59, 26.04.2021.
O'qildi: 3908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.