«Mayns» hujumchisi Robin Kvayson «Roma» qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Turli manbalarga ko‘ra, Kvayson yozda Rimga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, Robin iyun oyida erkin agentga aylanadi. U 2020/2021 yilgi mavsum tugagandan so‘ng «Mayns»ni tark etishga qat’iy qaror qildi.
Joriy mavsum Kvayson Bundesligada 24 uchrashuv o‘tkazdi va 4 ta gol urib 1 ta golga samarali uzatmani amalga oshirdi.