Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Timur Kapadze: «Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgandi va buni uddaladik»

Timur Kapadze: «Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgandi va buni uddaladik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan «Oq-tepa» - «Olimpik» (2:4) uchrashuvidan so‘ng olimpiyachilar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— «Oq-tepa» jamoasiga qarshi avval chempionat bahsida ham to‘qnash kelgandik va o‘sha bahsda ham bizga qiyinchilik tug‘dirgandi. Bugun derbi bo‘ldi, ancha yaxshi o‘yin bo‘lishi aniq edi. Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgandi va buni uddaladik. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. «Oq-tepa»da ham bugun oxirgi imkoniyat edi. Shunga qarab bolalarni tayyorlashga harakat qildik. Futbolchilarim bugun yaxshi harakat qilishdi deb o‘ylayman, ular o‘yindan o‘yinga yanada yaxshi harakat qilishmoqda. Barchaga imkon berishga harakat qilmoqdamiz. «Zomin»ga qarshi bahsida ko‘plab futbolchilarga o‘ynash imkonini taqdim etdik. Bugungi bahsda ham bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdim. O‘yindan o‘yinga futbolchilarning taktik, jismoniy holati yanada yaxshilanib bormoqda. Har bir o‘yin bizga yangi narsalarni taqdim etmoqda. Hammaning o‘z o‘yin uslubi bor. Har bir o‘yini yaxshilab tahlil qilmoqdamiz va bolalar taktik jihatdan rivojlanmoqda. Har bir o‘yin biz uchun katta tajriba bo‘lmoqda. O‘yin davomida kim qanday harakat qildi, kim xato qildi. Barchasini tahlil qilamiz. Menimcha, barchasi yaxshi kechmoqda. Oldimizda yana bitta yaxshi to‘qnashuv bor. Namanganda «Navbahor» jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Qancha kuchli raqibga qarshi maydonga tushsak, biz uchun shunchali foydali bo‘ladi. Kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlar orqali kamchiliklarimizni yaxshilab ko‘rib olish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu sababli ham har bir raqiblarimizning o‘yin uslubini ko‘rib chiqishda davom etamiz. Raqibning har bir harakatiga tayyor turishimiz kerak. «Navbahor» super ligamizning kuchli jamoalaridan biri. O‘z uyida ularni yaxshi o‘yin ko‘rsatishlarini yaxshi bilamiz. Lekin futbolchilar bu bahsda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishlariga va yaxshi tajriba olishlariga ishonaman.

— Bugun «Olimpik» futbolchilari bahsning birinchi bo‘limida masalani hal qilishlari mumkin edi.
— O‘zi futbolda eng qiyini gol urish. Juda ko‘p vaziyatlarda bolalar tezroq fikrlashlari lozim. Raqib jarima maydonida vaziyatni tezroq hal qilmasa, himoyachilar hujumni bartaraf etishga ulguradi. U yerda hech kim vaqt bermaydi. O‘sha vaqt kamligi sababli tezroq qaror qabul qilish kerak. Shu tarafda biroz oqsoqlanmoqdamiz. Lekin o‘yin vaqtida ko‘plab yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdamiz. Vaziyatlarda ba’zida tajriba, ba’zida omad yetishmayapti. Vaziyatlarda to‘g‘ri variant topish eng qiyin vazifa hisoblanadi. Chunki raqib bunga imkon bermasligi mumkin. Asosisi vaziyat yaratmoqdamiz, bu esa yaxshi. Vaziyatlardan foydalanishni asta-sekinlik bilan o‘rganmoqdamiz. Bu sekin sekin iziga tushib ketadi.

— Futbolchilar juda chiroyli o‘ynashga harakat qilishmoqda. Buning sababi bolalar hali ancha yoshligimi?
— Albatta. To‘g‘risini aytganda, men ko‘p narsada qiynalmoqdaman. Ularga qayerda qachon qaysi fintni amalga oshirish kerakligini o‘rgatmoqdaman. Chunki ularning xayolida shu fint turibdi. Ular shuni hozir qilishim kerak degan xayol bilan harakat qilishadi. Biz har bir vaziyatni to‘xtatib, yaxshilab tahlil qilamiz. Qayerda nima qilish kerakligini tushuntiramiz. Ular ham asta-sekinlik bilan tushunishmoqda. Qachon to‘pni uzatish kerak, fint qiladigan va qilmaydigan vaziyatlarni ko‘rsatmoqdamiz. Bu odat yoshlikdan qolgan narsa. O‘ylaymanki, ular ancha tushunishmoqda. Menga qolsa, futbolchilarim istagancha fint qilishsin, faqat kerakli vaziyatlarda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:16, 27.04.2021.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.