Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

OCHL. Mirjalol Qosimov: "O‘zimizning xatolar tufayli ko‘plab gollarni o‘tkazib yubordik"

OCHL. Mirjalol Qosimov: "O‘zimizning xatolar tufayli ko‘plab gollarni o‘tkazib yubordik"

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan AGMK va "Al Hilol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin(0:3), olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Qosimov: «Avvalambor Assalomu alaykum. O‘yinga o‘tishdan avval musobaqadagi ikki xil taassurotim haqida gapirmoqchiman. Hali musobaqa tugamadi va bizni oxirgi turdagi bahs kutmoqda. Lekin bugungi mag‘lubiyatdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmadi. Fursatdan foydalanib tashkilotchilarga guruh bosqichini yaxshi darajada o‘tkazishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Xursand qiladigan tarafi, nufuzli musobaqada qatnashdik. Bu jamoa uchun katta maktab. Shuningdek, musobaqa davomida doim bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislariga katta rahmat aytaman. Ikkinchi tarafi, ya’ni yoqmagan jihat bu o‘zimizning xatolar tufayli ko‘plab gollarni o‘tkazib yuborganimiz bo‘ldi. Hayot davom etadi. Bu futbol, unda kimdir yutadi va kimdir yutqazadi.
O‘yinga keladigan bo‘lsak, «Al Hilol» kuchli ijrochilarga ega jamoa. Bugun ular haqli g‘alaba qozonishdi. Birinchi bo‘limda 40-daqiqagacha yaxshi harakatlandik. Lekin rikoshet orqali urilgan gol va ikkinchi taymdagi tezkor gol jamoaga ruhan ta’sir qildi.

Kiritildi: 04:17, 28.04.2021.
O'qildi: 4521 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.