Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ikki chempionlik orzusida yurgan jamoalar to‘qnashuvi (prevyu)

Ikki chempionlik orzusida yurgan jamoalar to‘qnashuvi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun tunda ikki chempionlikni ancha vaqtdan beri orzu qilgan ikki klub bir-biriga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv barcha muxlis va mutaxassislarda jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda. Sababi, ayni dam ikki klubning darajasi bir-birinikiga o‘ta yaqin va bu qarama-qarshilikda aniq favorit mavjud emas. Shunday ekan, bugun saviyali va yuqori tempdagi o‘yin guvohi bo‘lamiz.

"Manchester Siti"

"Shaharliklar" so‘nggi paytlarda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib o‘z muxlislarini xursand qilmoqda. Gvardiola shogirdlari yaqinda bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalida "Tottenxem"ni mag‘lub etdi. Shuningdek, klub APL bosh sovrinini qo‘lga kiritishga ham yaqin turibdi. Har jihatdan ishlari yaxshi bo‘lgan "Manchester Siti"ning navbatdagi maqsadi Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish. APL va boshqa ichki sovrinlarni qalashtirib tashlayotgan "shaharliklar" o‘z bisotiga YECHL bosh sovrinini qo‘shib qo‘yishni niyat qilgan. Resurslar va imkoniyatlar yetarlicha, faqat biroz omad va stabillik klubga kerak holos.

PSJ

O‘tgan mavsum YECHL finaligacha yetib borgan PSJ bu mavsum ham final ostonasila turibdi. Kuchli tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, har doim turninrni erta tark etuvchi parijliklar so‘nggi ikki mavsumda o‘zlarini haqiqiy Yevropa grandlariday his qilayotgan bo‘lsa ajab emas. "Bavariya"ga yengilmas laqabini qo‘yib bo‘lgan edik. Pochettino shogirdlari esa biroz shoshilib qo‘yganimizni o‘tgan bochsqichda isbotlab qo‘ydi. Yulduzlarga ega klub ayni dam faqat ularga ishongan holda emas, balki, ajoyib bir jamoaviy o‘yin ham namoyish etmoqda. Imkoniyatlar jihatidan Parij klubini biz shu 4 jamoadan biroz ustun qo‘ysak, to‘g‘ri bo‘lardi. O‘tgan mavsum finalchisi va amaldagi chempionni mag‘lub etgan klubning imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishi tabiiy. Buni men emas, natijalar aytib turibdi. Kim bilsin, ular ham adashayotgan bo‘lishi mumkin.

Gvardiola effekti

Pep - maksimalist. Pep - so‘nggi yillardagi eng yaxshisi. Albatta, unga berilgan mazkur ta’riflar ayni haqiqat. Ko‘pchilik top murabbiylar vaqti kelib o‘z darajasini va obro‘yini yo‘qotayotgan bir paytda u hamon o‘z uslubi orqali natijalar qayd etib kelmoqda. Aytgancha, yaqinda 30-sovrinini yutdi bu "shovvoz". U va uning jamoasini to‘xtatib qolish ayni damda qiyin, lekin u YECHLda ko‘pincha pand beradi. Bir o‘yinga bor e’tibor qaratilgan paytlar jamoa  "qovun tushirishi" holatlari uchrab turadi. Agar, u o‘z ishini qilsa va shogirdlari u aytgandek o‘yin namoyish etsa, ishonavering, parijliklarga qiyin bo‘ladi.

Yulduzlar brigadasi

Nargi taraf o‘z murabbiyi bilan faxrlansa, bu tarafdagilar o‘z yulduzlari bilan maqtansa arziydi. To‘g‘ri, "Manchester Siti"dagi yulduzlar soni PSJnikidan kam emas, ammo Neymar va Mbappe bu boshqa daraja. Messi va Ronaldudan biroz pastroq, qolganlardan esa balandroq desak to‘g‘ri bo‘ladi. Shunday ekan, ular bugun ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Har holda, bundan oldingi bosqichlarda ham ularning o‘yini jamoa g‘alabasida ahamiyatli bo‘ldi. Ikki iste’dod egasi bugun maydonni katta ehtimol yondirib tashlaydi. Raqiblar ham shunday qilishi mumkin. Demak, gap kim ko‘proq yondirishida.

Ehtimoliy tarkib

PSJ: Keylor Navas, Abdu Diallo, Alessandro Florensi, Presnel Kimpembe, Markinyos, Anxel Di Mariya, Idrissa Guye, Marko Verratti, Leandro Paredes, Neymar, Kilian Mbappe.

"Manchester Siti": Ederson, Kayl Uoker, Joau Kanselu, Ruben Diash, Jon Stounz, Rodri Ernandes, Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva, Riyad Marez, Fil Foden, Ilkay Gyundogan.

 

                                                                                   Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 14:35, 28.04.2021.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.