Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Xolandning narxi o‘ziga mosmi?

Xolandning narxi o‘ziga mosmi?

Baho:
+ | -

"Men bunday narxdagi futbolchi borligini bilmayman", - deya e’tiroz bildirdi Pep Gvardiola Erling Xolandning kelajagi to‘g‘risida. "Biz bunga qodir emasmiz. Buni o‘zimizga ravo ko‘rmaymiz. Barcha klublarning moliyaviy ahvoli og‘ir bo‘lib turgan vaziyatda bunday narxga futbolchi sotib olishga hech bir klubning qurbi yetmaydi, biz ham bundan mustasno emasmiz".

Gvardiola "Manchester Siti" Xolandni sotib ololmasligini aytib o‘tgan. Uning narxi juda yuqori. "Siti"da futbolchilarga to‘lanadigan bir yillik maoshning o‘zi 351 million funt sterlingni tashkil etadi.

 O‘tgan oyda futbolchining agenti Mino Rayola yoz yaqinlashgan sayin, norvegiyalikning transferi haqida ko‘p munozaralar bo‘lishini aytgandi. Futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda. Vaziyatni barcha katta klublar kuzatib bormoqda va Rayola hattoki "Real" va "Barselona" bilan muzokara olib borishga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniya nashrlari uning taxminiy yillik maoshini ham e’lon qildi. Soliqlardan tashqari yiliga 30 million yevro. Bu shuni anglatadiki, inglizlar unga haftasiga million funt to‘lashlari kerak bo‘ladi. Yoki kuniga 142 ming funt.

 Angliyada bunday maosh oladigan futbolchini bugungi kunda uchratmaysiz. Hatto yangi shartnoma imzolagan Kevin De Bryuyne ham. Lionel Messi ispaniyalik insayderlarning fikriga ko‘ra, 61,3 million yevro oladi va u dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.

Ammo bu yozda 150 million funtga yetishi mumkin bo‘lgan transfer summasi haqida unutmasligimiz kerak. Yana bir yildan keyin uning narxi tushishi ham mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Xoland bilan to‘rt yilga shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan klub 400 million funt bilan xayrlashishi kerak. Doimo yangi investorlarni topishga harakat qiluvchi "Nyukasl Yunayted" bundan arzonroq.

Xoland bundan ham qimmatga tushishi mumkin, ammo deyarli hech kim uning bu pulga loyiq ekanligiga amin emas. Hammasi uning futbol maydonidagi natijalarga bog‘liq.
 
Xolandning qiymati uning salohiyatini baholashga bog‘liq. Iyulda u 21 yoshga to‘ladi, demak biz 10 yil davomida eng yuqori darajada o‘ynashiga umid qilishimiz mumkin. Tez orada Krishtianu Ronaldu ham, Lionel Messi ham butsalarini mixga iladi. Keyingi yil 30 yoshni qarshi oladigan Neymar ham barcha imkoniyatlarini namoyish etib bo‘ldi.

«Bitta futbolchi klubni haqiqiy da’vogarga aylantira oladimi? Dunyoda bunday futbolchilar juda kam. Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatda biz darhol natijani ko‘rdik. Agar ushbu transfer bo‘lmaganida, "Yuventus"ning mutlaqo boshqa homiylari va sheriklari bo‘lishi mumkin edi. Turinliklar Ronaldu bilan shartnoma imzolagani ko‘pchilikni "Yuve" bilan hamkorlik qilish kerakligiga ishontirgan.

Har bir taniqli transferdan so‘ng OAV futbolchining libosi sotilishi haqida gapirishni yaxshi ko‘radi, ammo bu qimmat shartnoma imzolash uchun asos emas. Klublar har bir sotilgan futbolka uchun o‘rtacha 5 funtdan olishadi. Bu shuni anglatadiki, faqatgina Xolandning haftalik maoshini qoplash uchun 200 ming futbolka sotilishi kerak.

Maydondagi muvaffaqiyat - bu xarajatlarni qoplashning yagona usuli. Jamoa qanchalik yaxshi bo‘lsa, futbolchining o‘z brendi shuncha tez o‘sadi.

Shubhasiz, Messi va Ronaldudan orqada, ammo u tez o‘sib bormoqda. Bu haqda butun dunyo bo‘ylab 11 mingdan ziyod sportchining mashhurligini tahlil qiladigan Fan Intelligence Network raqamli platformasi xabar beradi.

Fan Intelligence Network ma’lumotlariga ko‘ra, Xoland, ayniqsa, 25 yoshgacha bo‘lgan muxlislar o‘rtasida mashhur. “Zed” avlodi uchun u shubhasiz yulduzdir. Ushbu yosh toifasida u muhokama qilinayotgan insonlarning 12-o‘rnida turibdi.

Ammo Xolandning uzoq muddat "rentabelligi" ga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan bitta omil - uning millati. Fransiya terma jamoasi bilan yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ishonishi mumkin bo‘lgan Mbappedan farqli o‘laroq, Erlingga 1998 yildan buyon Jahon chempionatida ishtirok etmay kelayotgan Norvegiya terma jamoasida o‘ynashi to‘sqinlik qilmoqda.

Siz marketing kompaniyalari uning kelajagini bashorat qilayotgani haqida uzoq vaqt bahslashishingiz mumkin, ammo bularning barchasi Xoland Chempionlar Ligasidagi gollar urishni davom ettirmasa bir pul bo‘lib qoladi. Hech qaysi futbolchi Chempionlar ligasida 20 gol urish uchun Xolandchalik kam uchrashuv o‘tkazmagan. U bu natijaga erishish uchun 14 uchrashuv o‘tkazgan.

Bu, birinchi navbatda, o‘yinchining qiymatini belgilaydi. "Chelsi" bunga qodirmi? - Ha, - deydi Maguayr. Lekin moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq savollar mavjud, xulosa qilishga erta. Lekin bir narsa aniq — Abramovichning puli bor.

"Chelsi" va "Manchester Siti" nazariy jihatdan bunga qodir, "Manchester Yunayted"da buncha pul topilishi mumkin. Faqat Yevropaning klassik katta klublari qoldi. "Real", "Barselona", "PSJ" va "Bavariya" bu o‘yinni o‘ynashga ikkilanib turishibdi. Yaqinda KMPG agentligi pandemiya tufayli Yevropaning eng yaxshi 20 klubi milliard yevro daromadni yo‘qotganini taxmin qildi. "Manchester Siti"ning o‘zi 126 million funt yo‘qotdi.

Maguayr hozirgi sharoitda “Xoland loyihasi”ni hech kim sotib olmaydi, deb hisoblamoqda. Ehtimol, Gvardiolaning narxlar haqida fikri to‘g‘ri bo‘lib chiqar.

Ruslan Maksimov

Kiritildi: 10:00, 29.04.2021.
O'qildi: 5527 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.