Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Baxtiyor Ashurmatov: «Metallurg» biz uchun noqulay raqib, ikki yildan beri yuta olmayapmiz»

Baxtiyor Ashurmatov: «Metallurg» biz uchun noqulay raqib, ikki yildan beri yuta olmayapmiz»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Kubogining 3-tur bellashuvlari davom ettirildi. “F” guruhida joy olgan “Metallurg” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.  Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida  “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

— Qo‘qonda ish boshlaganimdan beri “Metallurg” jamoasi biz uchun noqulay raqib bo‘lib kelmoqda. Afsuski, ikki yildan beri bu klubni yuta olmayapmiz. Bugungi uchrashuvda golgacha ustunlik bilan o‘ynadik. O‘tkazib yuborilgan gol bizga qimmatga tushdi. Natijada hujumga o‘tishga majbur edik. Chunki durang ham bizni qoniqtirmasdi. Uchta hujumchi bilan o‘ynay boshladik, jamoamizda bo‘sh hududlar paydo bo‘ldi va bundan “Metallurg” unumli foydalandi. To‘g‘ri, bugun xatolar bo‘ldi. Kubok bahslaridagi xatolarimiz “Yangiyer” bilan uchrashuvdan boshlandi. Murabbiy sifatida shu narsaga amin bo‘ldimki, bitta o‘yinni o‘tkazib bo‘lmasdan turib keyingisi haqida o‘ylamaslik kerak. Tarkibda rotasiya ham qildik, biroq bu ham o‘zini oqlamadi. “Metallurg” o‘z maydonida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Jasur Abduraimov bosh murabbiy bo‘lgach, jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Shu sababli bekobodliklarni g‘alaba bilan tabriklayman.

— Kubok bahslarida “Qo‘qon-1912” o‘z uyida bitta, safarda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Bu borada taqvim noqulay tushdi, deb o‘ylaysizmi?
— Taqvim noqulay keldi, desam har xil fikrlar bildirilishi mumkin. To‘g‘ri, qur’aning ko‘zi ko‘r deyishadi. Masalan, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor” va “Nasaf” joy olgan guruh “o‘lim guruhi” deyildi. Ammo u yerda bitta “o‘lja” jamoa bor edi. Bizning guruh esa juda qiyin edi. “Yangiyer”ga ham achinyapman. Ular uchta turda ham yaxshi taassurot qoldirishdi. Agar o‘z maydonida “Yangiyer” ham ikkita o‘yin o‘tkazganida balki keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyati ko‘proq bo‘lardi. Hammasini futbol mutasaddilari hal qilishadi. Bugun esa “Metallurg” kuchlilik qildi. Taqvim borasida bahslashmayman. Endi chempionat bahslariga tayyorlanamiz. O‘zbekiston Kubogidan chiqib ketganimiz muxlislarimiz, futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun ham og‘ir zarba bo‘ldi. Lekin hayot davom etadi, navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘zimizda kuch topishimiz lozim. Chempionat doirasida jamoamizni murakkab uchrashuvlar kutyapti.

— Bugun ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan futbolchilar deyarli ko‘rinmadilar...
— Hamidillo Abduhamidov 4-5 oy davomida futbol o‘ynamadi. “Mash’al” bilan uchrashuvda yengil harakat qildi. Har uch kunda o‘yinlar o‘tkazildi. Afsuski, u hattoki 45 daqiqa o‘ynashga ham tayyor emas. O‘tgan safar gol urganini hisobga olib maydonga tushirdik, keyin Sidorov bilan Meliyevni ham tushirdik. Katta tavakkal qildik, lekin bu o‘zini oqlamadi. Kimdir yomon yoki yaxshi o‘ynadi deb ayta olmayman. Murabbiylar shtabining xatosi tufayli yutqazdik deb aytishim mumkin.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:44, 29.04.2021.
O'qildi: 1455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.