"PSJ" hujumchisi Neymar Chempionlar Ligasi yarim finalining "Manchester Siti" ga qarshi birinchi o‘yinidan so‘ng jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Parijliklar "Park de Prens"da 1:2 hisobida yutqazishdi.
“Biz bu o‘yinda yutqazdik, ammo hali imkoniyat bor. Men o‘z jamoamga va bundan ham yaxshiroq o‘ynay olishimizga ishonaman. Oldinga Parij! 1% imkoniyat, 99% ishonch ", - deb yozdi Neymar o‘zining Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvning javob bahsi 4-may kuni Angliyada o‘tkaziladi.