Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Mirjalol Qosimov: «Xudo xohlasa chempionatda yaxshi qatnashib, kelasi yili OCHLda yana ko‘rishamiz, degan umiddaman»

Mirjalol Qosimov: «Xudo xohlasa chempionatda yaxshi qatnashib, kelasi yili OCHLda yana ko‘rishamiz, degan umiddaman»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va "Istiqlol"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Yovan Jokich matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Mirjalol Qosimov: "O‘yin kutilganidek qiziqarli va shiddatli o‘tdi. Buni kechagi matbuot anjumanida ham ta’kidlab o‘tgandim. Kecha aytganimdek, AGMK muxlislar uchun g‘alabaga o‘ynadi va jamoa g‘ururini himoya qilish uchun ham kurashdi. AGMK musobaqa davomida jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiradi. Biz birgina muxlis bizga ishqibozlik qilsa ham g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Albatta, bugungi bahs ham og‘ir bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, "Istiqlol" klubini pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan jamoamiz nomidan tabriklayman.

Biz joylashgan "kvartet" juda kuchli guruh edi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Xattoki "Al-Hilol"dek kuchli jamoaning taqdiri boshqa guruhdagi o‘yinga bog‘lanib qoldi.

Musobaqani yuqori darajada tashkil etgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman. Hayot esa davom etadi. Endi bor e’tiborni ichki chempionatga qaratamiz. Xudo xohlasa, bu yil chempionatda yaxshi harakat qilsak, Insha Alloh kelasi mavsumda yana OCHL musobaqasida ko‘rishamiz, degan umiddaman".

— Deyarli 3 hafta davomida zich taqvimda 6ta uchrashuv o‘tkazildi. Shunday bo‘lsada futbolchilarning harakatidan qoniqdingizmi?
— Biz o‘yinlarni tahlil qilib chiqamiz. Buning uchun bizga biroz vaqt kerak. Fursatdan foydalanib futbolchilarga rahmat aytaman hamda ularga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar har qanday holatda ham oxirigacha kurashishdi. Bizni chempionat o‘yinlari kutmoqda. Dam olishga vaqt yo‘q. Lekin shunga qaramasdan yigitlar bo‘lajak o‘yinlarga tayyor. Biz jiddiy guruhdan o‘rin olib, kuchli jamoalar bilan o‘ynadik hamda bu futbolchilarga o‘ziga xos maktab bo‘ldi va ushbu musobaqa ularni kelajakda o‘sishlariga yordam beradi, deb o‘ylayman.

— Jamoangizdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berdingiz. Xususan yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Bu jihat ularga kelajakda as qotadimi?
— Albatta bu as qotadi. Bunday nufuzli musobaqada kuchli jamoalar bilan bellashish, kurashish ularga kelajakda futbolchi sifatida o‘sishlariga yordam beradi. Ular ham musobaqadagi ishtirokidan to‘g‘ri xulosa qilib, qayerga intilish kerakligini tushunib olishadi, deb o‘ylayman. Sport bu kurashish degani. Doim yuqoriga kurashib, cho‘qqiga intilish kerak.

Yovan Jokich: "Afsuski, guruhdan chiqolmadik. Bu futbol. Kelasi yili yana OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz. Endilikda bizni chempionat kutmoqda va barcha diqqat-e’tiborni Superligada yaxshi ishtirok etishga qaratamiz.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 08:53, 01.05.2021.
O'qildi: 4244 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.