Yaqin vaqtlar mobaynida "Tottenxem" klubi murabbiyk lavozimiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Simione nomi ham paydo bo‘lib bormoqda. Ushbu murabbiy "Atletiko"ning haqiqiy yuragi desak ham bo‘laveradi. Futbolchilik faoliyatining ham katta qismini shu yerda o‘tkazgan Diyego, ushbu klubda uzoq vaqtdan beri murabbiylik ham qilib kelmoqda. Futbolga o‘ziga xos uslub olib kirgan va o‘z qarashlariga ega bo‘lgan bu shaxsni ham Madrid klubiga bog‘lab bermagan va u bir kun kelib jamoani tark etishi mumkin. Balki, o‘sha kun kelgadir!
Ehtimollar va ishoralar
Ayni paytda ro‘y berayotgan jarayonga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning "Tottenxem"ga o‘tishi mumkinligi yolg‘on va absurd xabarlarga o‘xshamayapti. "In My Viev" nashrining xabar berishicha, "shporlar" hali Simione bilan bog‘lanmagan, ammo shunday bo‘lsada vaziyat tobora oydinlashib borayotgani ta’kidlanmoqda. Sababi, "Tottenxem" ayni damda yangi murabbiy olib kelishga shoshilayotgani yo‘q. Shuningdek, Simione ham madridliklar bilan yangi bitim borasida qaror qabul qilmadi. Kim bilsin balki, bu holat shunchaki tasodifdir. Shunday bo‘lsada, bu sodir bo‘lishi mumkin. Yana bir qiziq jihat - "Tottenxem" klubi muxlislari ayni dam "Atletiko"ning rasmiy tvitter sahifasiga o‘tib turli xil bahs-munozaralar olib bormoqda. Kuzatishda davom etamiz, yakun qaydan bo‘lar ekan.
Simione va "Atletiko"
1994-1997 va 2003-2005 yillar oralag‘ida "Atletiko" sharafini himoya qilgan Simione futbolchilik faoliyatidagidanda ko‘proq murabbiylik lavozimida shon-shuhrat qozondi. Yevropa Ligasini yutishni o‘rganib olgan o‘rtamiyona klub bora-bora Yevropada grand klublardan biriga aylana oldi. Simionening o‘ziga xos uslubi bilan madridliklar Yevropa Chempionlar Ligasida ham har safar uzoqqa bordi va ikki bor finalda ham o‘ynadi. O‘sha finallarning ikkisida ham o‘z hamshaharlariga qarshi o‘ynagan "Atletiko" raqibiga qaraganda mazmunli o‘yin ko‘rsatsada, mag‘lub bo‘lgan. Birinchisi "Ramos taym" bo‘lib ketgan bo‘lsa, ikkinchisida penaltilar o‘yin masalasini hal qilgan. Simione va uning jamoasi o‘zining pikka chiqqan paytlarida darhaqiqat ularni yengish oson emas edi. Ishonmasangiz, "Barselona"dagilardan so‘rab ko‘rishingiz mumkin. La Liga va boshqa chempionatlarda garchi, klub "ko‘k-anorranglilar"ga mag‘lub bo‘lsada, muxim pallalarda Simionening klubga singdirgan xarakteri evaziga ular muvaffaqiyat qozonar edi. "Qirollik klubi"ga mag‘lubiyat esa tushunsa bo‘ladigan holat. "Real" turnirning haqiqiy yetakchisi va tajriba borasida ham ular ancha ustunroq edi. Shuningdek, Madrid klubi "Real" va "Barselona" La Ligani o‘ziniki qilib olayotgan bir pallada, chempionlikni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 2013-2014 yilda sodir bo‘lgan ushbu voqea shahsan men uchun biroz hayratlanarli bo‘lgan. Sababi, shakllanib borayotgan bir klub, katta gigantlardan ushbu sovrinni tortib olgan. Xullas, "Atletiko"ga shu sovrinlarni olib kelgan ham va jamaoni top darajaga olib chiqqan ham bir shahs - Diyego Simione.
Uning sharofati klub ayni dam Yevropaning ham grand ham brend jamoalari qatorida. Shu sababli, u eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy, ammo uning ham Madriddagi hikoyasi yakunlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Hikoya emas, roman deya qolaylik. Sababi, bu bir katta tarix va katta asar.