Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

OCHL. Sharq mintaqasi o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi: ijobiy va salbiy tomonlari

OCHL. Sharq mintaqasi o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi: ijobiy va salbiy tomonlari

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi Sharq mintaqasi jamoalarining markazlashgan musobaqasiga Toshkent mezbonlik qilishi mumkinligi borasida xabar chiqdi.

Bu masalani bir necha haftadan buyon muhokama qilamiz. Unga ko‘ra, biz faqatgina 1 ta guruh uchrashuvlarini qabul qilishimiz mumkin. Shunda ham o‘yinlar "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o‘tsa. Chunki "Paxtakor" va AGMK Chempionlar ligasida o‘ynadi, ularning qoldirilgan uchrashuvlari bor. Yuqoridagi uch stadion variantida esa faqatgina "Bunyodkor" — "Qizilqum" o‘yini ketma-ketligini almashtirsak bo‘ldi. Ya’ni, birinchi uchrashuv Navoiyda o‘tadi, keyin "Qizilqum" kuzda Toshkentga keladi.  

Biroq bunga jamoalar — "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Olimpik" ham rozi bo‘lishi kerak. Bir tarafdan ular stadionlar uchun pul ishlab oladi. Qolaversa, mehmonxonalarimiz ham katta delegasiyani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislarimiz uchun xalqaro tajriba tayyor. Ammo ikki guruh bizni qiynab qo‘yadi. Chunki o‘yinlardan tashqari mashg‘ulotlar haqida ham o‘ylash lozim. Misol uchun "Jar" stadioni yoritish tizimi hozir talab darajasida emas, "Olimpik" klubi projektorlarni 1 iyulga qadar to‘g‘rilashi haqida ma’lumot bergan.

Bundan tashqari, uchrashuvlar translyasiyasi masalasini ham puxta o‘ylash kerak bo‘ladi. Ikkita guruh uchrashuvlarini translyasiya qilish qiyin masala. O‘zimizning Superliga tashqarida qolib ketishidan manfaatdor emasmiz. Chunki bizning ham homiylar bilan kelishuvlarimiz bor. Bunda OFK translyasiya texnikasini O‘zbekistonga alohida olib kiradimi yoki MTRK, UzReport kabi kanallarga suyanadimi, bizda ma’lumot yo‘q.

Aslida biz Chempionlar ligasining o‘zimizning klublar ishtirok etmaydigan musobaqasidan ko‘ra, o‘z klublarimiz ishtirok etadiganini qabul qilganimiz yaxshi edi. Ammo "Paxtakor" mezbonlikni istamadi. Mezbonlikni istagan "Nasaf" varianti esa OFK tomonidan maqbul ko‘rilmadi, OFK kubogi Tojikistonga berildi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 07:30, 02.05.2021.
O'qildi: 7820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик