Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mourinyo: "Ehtimol, keyingi yil ham futbolga qaytmasman. Sababi..."

Mourinyo: "Ehtimol, keyingi yil ham futbolga qaytmasman. Sababi..."

Baho:
+ | -
«Tottenxem» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Joze Mourinyo yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytmoqchi emas. Portugaliyalik mutaxassis yozda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritadi.

«Murabbiylik bo‘yicha hozirda menda hech qanday reja yo‘q. Mehnat ta’tilidaman, odatiy hayot tarzimda yashashda davom etyapman. Juda ham xotirjamman. Endi xatolarni tahlil qilish uchun menda vaqt ko‘p. Futbolga qaytishdan avval bir muddat dam olmoqchiman. Nafaqat o‘zimga mos klub, balki o‘z an’ana va qarashlarimga ham mos jamoadan taklif bo‘lishini kutaman. Ehtimol, keyingi mavsumda ham ishga qaytish uchun men tomondan shoshqaloqlik bo‘lar. Hammasini vaqt ko‘rsatadi», - deydi portugaliyalik mutaxassis Sky Sports bilan suhbatda.

Britaniya sport teleradiokanallaridan biri TalkSPORT Joze Mourinyo bilan Yevro-2020 o‘yinlarini tahlil qilish va sharhlash borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyalik mutaxassis yozda ushbu kanalda ekspert sifatida faoliyat yuritadi. 58 yoshli mutaxassis asosan Angliya milliy jamoasi ishtirokidagi barcha uchrashuvlarda jonli efirda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo 19 aprel kuni «Tottenhem»dan iste’foga chiqarildi. Uning o‘rniga jamoani yordamchi murabbiy Rayan Meyson mavsum yakuniga qadar boshqaradi.

Kiritildi: 13:26, 02.05.2021.
O'qildi: 3023 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик