Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Manchester Yunayted" o‘z yetakchisini katta pul evaziga jamoada olib qolmoqchi

"Manchester Yunayted" o‘z yetakchisini katta pul evaziga jamoada olib qolmoqchi

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa yulduzi Pol Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndirmoqchi.

Buning uchun klub xo‘jayinlari  fransiyalik yarim himoyachiga haftasiga 400 ming funt maosh to‘lashga rozilik bergan. Bu summa yiliga 20 million yevrodan oshadi.

Pandemiya sharoitida aksariyat grand klublar ham bir futbolchiga bu darajada katta maosh to‘lay olmaydi. Xususan, Pogbani olishni orzu qilayotgan “Yuventus” va “Real” ham asosiy e’tiborini futbolchilarning maoshini qisqartirishga qaratmoqda.

Pogbaning manchesterliklar bilan hamkorligi 2022 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Agar tomonlar o‘zaro kelisha olmasa, klub futbolchini yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Pol Pogbaning asosiy maqsadi Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish hisoblanadi.

2016 yildan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi bu jamoa tarkibida jami 201 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 40 ta golli pas oshirdi.

Kiritildi: 13:26, 04.05.2021.
O'qildi: 4922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.