Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Bektemir va uning diskvalifikasiyasi haqida

Bektemir va uning diskvalifikasiyasi haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro boks federasiyasi (AIBA) o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevni to‘rt yil muddatga diskvalifikasiya qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Aniqrog‘i O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi buni o‘z rasmiy saytida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, turli o‘yinlar v.x.k) ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan. 2020 yil 16 fevraldan boshlab musobaqalarda olgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilindi.

Nega bunday bo‘ldi?

Barchasi uzoq 2018 yilga borib taqaladi. O‘shanda Bektemirdan olingan doping-testda uning qonidan «furosemid» taqiqlangan moddasi aniqlangan bo‘lib, o‘shandan keyin u 2018 yil 28 fevraldan boshlab 2020 yil 27 fevralgacha 2 yillik diskvalifikasiya bilan jazolangandi. Shundan so‘ng, Bektemir uch marta 2019 yil 30 sentyabrda, 21 oktyabr va 2020 yil 16 fevral kunlari doping tahlili topshirilishi lozim bo‘lgan manzillarga bormagan. Unga, butunjahon antidoping kodeksining 2.4-moddasiga asosan, bu turdagi antidoping qoidabuzarligi uchun 2 yillik diskvalifikasiya jazo chorasi qo‘llanilgan. Ammo bu qoidabuzarlik avvalgi antidoping qoidabuzarlik uchun belgilangan muddat ichida sodir etilgan bo‘lsa, bunda keyingi antidoping qoidabuzarlik muddati ikki baravar ko‘paytiriladi. Shu sababli, Meliqo‘ziyevga jami 4 yillik diskvalifikasiya belgilangan.


Ushbu xabardan keyin muxlislar va boks hamjamiyatida bir qator savollar paydo bo‘la boshladi. Chunki ko‘pchilik mazkur diskvalifikasiyani bokschining butun faoliyatiga taalluqli deb tushunganlar ko‘p bo‘lgan. Aslida esa bunday emas. Buni quyida tushuntirishga harakat qilamiz.

Birinchidan chetlatish AIBA, ya’ni havaskor boksga aloqador tashkilot tomoindan amalga oshirilgan. Ya’ni Bektemir havaskorlar o‘rtasidagi musobaqadagi tahlil natijalaridan so‘ng chetlatilgan. Keyinroq u havaskor boksdan to‘liq ketmasdan professional boksda faoliyatini boshlagan, lekin olimpiadada ishtirok etish istagida yana havaskor boksga qaytish niyatida bo‘lgan. Shu maqsadda uni olimpiada saralash musobaqasida ishtirok etuvchi sportchilar qatorida qoldirishgan. Aynan mana shu sabab bilan AIBA tizimidan chiqib ketmagan bokschi majburiy doping testlar topshirishi kerak bo‘lgan. Ammo u ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmagani sababli, AIBA bokschisi sifatida yana jazolangan. Professional bokschi sifatida emas.

Yana bir gap. Bektemir AIBA tasarrufidagi musobaqalardan chetlatilgan davrda ham professional boksda faoliyatini davom ettirgan va bu hech qanday qoidalarni buzish sifatida baholanmagan. Ya’ni u AIBAga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan (aytish mumkin bo‘lsa, boshqa sport turi) janglarda ishtirok etgan. Bu safargi jazo ham aynan birinchi jazoni bergan tashkilot tomonidan berilgan. Farqi faqat 2 yil emas 4 yil. Shundoq ham havaskor boksda ringga chiqmayotgan bokschiga bu jazoni unchalik ahamiyati yo‘q desak ham bo‘ladi. Yagona aniq bo‘lgan narsa, Bektemir uzil-kesil havaskor boks bilan xayrlashsa ham bo‘laveradi :). Bor e’tibor profiga qaratiladi.

Shuningdek, tashkilot chetlatilishida ham bu narsa qayd qilingan. «Butunjahon antidoping kodeksiga ko‘ra, Meliqo‘ziyevning professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi tegishli Xalqaro professional boks tashkilotining qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Agar ruxsat beradigan bo‘lsa, diskvalifikasiyasi tugagungga qadar faqatgina professional boksda jang o‘tkazishi mumkin», deyiladi xabarda. Ya’ni professional boksning o‘ziga qo‘yib berishayapti. Shu paytgacha bu borada muammoga duch kelmagan sportchi kelgusida ham bunday muammoga duch kelmasligiga ishonsak bo‘ladi. Asosiysi professional boksga aloqador tashkilotlarning majburiy doping testlarida muammo tug‘ilmasa bo‘lgani.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 19 iyun kuni Gabriel Rosadoga qarshi ringga chiqadi. Ayni vaqtda u super o‘rta vazn toifasida WBA reytingida 7, WBO reytingida 12-o‘rinda bormoqda.

 

Manba: Go Sport
Kiritildi: 16:05, 04.05.2021.
O'qildi: 11383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.