Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Pro liga 5-turi doirasidagi "Neftchi" - "Xorazm" uchrashuvidagi "Xorazm" jamoasi futbolchilari Ravshanbek Sultonov va Ro‘zimboy Ahmedov uchrashuv yakunidan so‘ng, bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar oliy ligasi 1-turi doirasidagi "Buxoro V" - "Lokomotiv V" uchrashuvidagi "Buxoro V" jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Kochenev uchrashuvning 76-daqiqasida bosh hakamga o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu harakat uchun Kochenevga 2 ta o‘yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Turon" uchrashuvidagi "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Xurshidbek Muxtorov o‘yinning 73-daqiqasida "Turon" futbolchisiga nisbatan qo‘pol xatti-harakati uchun maydondan chetlashtirilgani o‘rganib chiqildi. Futbolchiga 4 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima jazosi belgilandi.

"U-18" Birinchiligi 1-tur doirasidagi "Yangiyer U-18" - "Turon U-18" uchrashuvi "Turon U-18" jamoasi futbolchisi Bahodir Sultonov uchrashuvning 90+5-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Bu holat uchun futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvidagi "Andijon" jamoasi rasmiy vakili Doniyor Usmonov bahsning 72-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Mazkur holat yuzasidan Usmonovga jarima intizomiy chorasi belgilandi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Oq tepa" - "Olimpik" uchrashuvi yakunidan so‘ng, O‘FA hakamlar bo‘limi boshlig‘i Erkin Baxtiyorov tomonidan bildirgi kelib tushdi. Bunga ko‘ra, "Oq tepa" jamoasi futbolchisi Olimxon Karimov bellashuvning 81-daqiqasida hakam qaroriga nisbatan nojo‘ya harakat bildirgan. Ushbu holat o‘rganib chiqilib, Karimovga jarima jazosi qo‘llanildi.

Kiritildi: 16:27, 04.05.2021.
O'qildi: 2602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик