Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D - PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

YECHL. "Boyvachchalar to‘qnashuvi", yoxud "PSJ" Manchesterda mehmon bo‘ladi

YECHL. "Boyvachchalar to‘qnashuvi", yoxud "PSJ" Manchesterda mehmon bo‘ladi

Baho:
+ | -

Bugun tunda, PSJ va «Manchester Siti» klublari Yevropa chempionlar ligasi yarim final bahsining javob uchrashuvida maydonga chiqishadi. Dastlabki bahs «shaharliklar»ning mehmondagi 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlangan. Birinchi o‘yinning ikkinchi yarmida «Siti» klubi xursand bo‘lgan edi. Ammo,Evropaning ba’zi yirik klublarini mag‘lubiyatga uchratgan jamoaga qarshi maydonga chiqadi.

Gvardiola jamoasi YECHLning bu mavsumida hali mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lib, faqatgina bir marotaba durang qayt etgan. Jamoa to‘p urari Ferran Torres bo‘lib u raqiblar darvozasini 4 bor ishg‘ol qilgan.

Parij jamoasi bu mavsumda juda ham qiyin o‘yinlarni o‘tkazdi. «Bavariya», «Barselona» va «Yunayted» jamoalarini mag‘lub etgan.

Parij jamoasi Chempionlar ligasi  ushbu mavsumda olti bor g‘alaba, bir durrang, to‘rt mag‘lubiyat qayt etgan. «Siti»ga qarshi kechgan dastlabki bahsning birinchi bo‘limdan o‘zlariga ishonch olishdi, lekin yakunda ranjishga majbur bo‘lishdi.

Pochettino shogirdlari mehmondagi uchrashuvlarda yaxshi harakat qilishmoqda,shuning uchun «Manchester Siti» futbolchilari e’tiborni yo‘qotmasliklari lozim.

Neymar: «Chempionlik uchun jonimni berishga tayyorman» – deya fikr bildirgan edi. Ko‘rib turganingizdek, Neymar oldingi mavsumda jamoasi bilan finalgacha yetib borgani yetarli bo‘lmagan ko‘rinadi.

Bu mavsumda kubokni boshi uzra yuqori ko‘tarishga jiddiy bel bog‘lagan. U avvalgidek modalar qiroli emas, aksincha o‘zi va jamoasi uchun sovrinlar yutishni xohlashini bildirib, yuqori darajada harakat qilmoqda.

«Manchester Siti» hamda PSJ klublari ushbu uchrashuvga qadar to‘rt bor to‘qnash kelishgan bo‘lib, ikki bor «Siti» g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki marta durang qayt etilgan.

«Futbolda ishonish muhim. Biz g‘alaba qozonishga va gol urishga harakat qilamiz. Albatta, biz ozgina bosimga duch kelmoqdamiz, ammo futbolda siz harakat qilishingiz kerak shunda maqsadingizga erishasiz» – PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.

 

«Birinchi o‘yindagidek xavf mavjud. Parij o‘z shaklini o‘zgartirishi mumkin. Murabbiyi shunchaki aqlli. Finalga chiqish istagi kuchli, biz ilgari bu erda bo‘lmaganmiz.

Biz o‘yinni o‘qish, yomon daqiqalarda birlashish, birgalikda azob chekish uchun o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Iloji boricha o‘z o‘yinimizda zo‘r berib harakat qilamiz. Yaxshi himoya qilishimiz, sabr-toqatli bo‘lishimiz va gol urishga harakat qilishimiz kerak» –  “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola.

Ehtimoliy tarkiblar

“Manchester Siti”: Ederson; Uoker, Stounz, Ruben Diash, Kancelo; Rodri, Gyundo‘g‘an; Mahrez, Bernardo Silva, Foden; De Bryuyne

PSJ: Navas; Florensi, Markinyos, Kimpembe, Diallo; Verratti, Paredes; Di Mariya, Neymar, Draksler; Ikardi

 

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, mazkur bahs haqiqatdan ham nafaqat yarim final, balki butun musobaqa bezagi bo‘lishi mumkin. Ushbu qiziqarli bellashuv Toshkent vaqti bilan tungi 00:00da boshlanadi. 

Kiritildi: 17:25, 04.05.2021.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.