"Barselona" klubi operasiya qilinishi kutilayotgan yosh futbolchi Ansu Fati bilan jarrohlik amaliyotidan avval shartnoma imzolash niyatida, deya xabar bermoqda "Ara" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub bu ishni yosh futbolchini qo‘llab-qo‘vvatlash maqsadida qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi tizzasidagi jarohat tufayli yaqin kunlarda ikkinchi bor operasiya qilinadi.