Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Pike: «"Real" 4 o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempion bo‘ladi, biz esa...»

Pike: «"Real" 4 o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempion bo‘ladi, biz esa...»

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdan(0:0) so‘ng, fikr bildirdi.

«Biz bundan yaxshi natijaga umid qilgandik. «Barcelona» yaxshi o‘ynadi, bizda ustunlik qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar mavjud edi. Afsuski, hammasi bizga bog‘liq emas, lekin unvon uchun kurash davom etmoqda.

«Atletiko» himoyaviy o‘yin namoyish etish borasida chempionatning eng yaxshi jamoasi, shu sababli ular eng kam gol o‘tkazib yuborgan, ularga qarshi vaziyat yaratish qiyin. O‘yinning ayrim bosqichlarida biz ustunlik qildik, boshqalarida esa ularnu yaxshiroqligi ko‘zga tashlandi.

Agar «Real Madrid» to‘rtta o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, ular chempion bo‘lishadi. Biz uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonishimiz kerak, shunda bizda ham imkoniyat bo‘ladi. Bizning maqsadimiz oxirigacha kurashish va biz aynan shunday qilamiz.

Bizning bunday vaziyatga tushib qolishimizga, mavsum davomida maksimal darajani namoyish etmaganimiz sababchi. Garchi so‘nggi oylarda biz ajoyib futbol namoyish etayotgan bo‘lsakda», - deydi ispaniyalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, «Barcelona» 35 o‘yinda 75 ochko to‘plagan va Ispaniya chempionati turnir jadvalida 77 ochko jamg‘argan Atletikodan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Uchinchi pog‘onada esa 74 ochkosi mavjud «Real Madrid»

Manba: Marca
Kiritildi: 23:34, 08.05.2021.
O'qildi: 22919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик