Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. «Chelsi» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Manchester Siti»ni yengdi (videosharh)

APL. «Chelsi» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Manchester Siti»ni yengdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 35-turida «Manchester Siti» va «Chelsi» 8 may, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Manchesterda kechgan bahsda londonliklarning qo‘li baland keldi. Dastlab 44-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning o‘zida «shaharlik»lar hisobni oshirishi mumkin edi, ammo Serxio Aguero 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasiga kelib, Hakim Ziyosh muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada esa Markos Alonso gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi»ning ochkolari soni 64 taga yetdi, jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Siti» (80) esa mag‘lubiyatga qaramay peshqadamlik qilmoqda.

APL, 35-tur
8 may, shanba
«Manchester Siti» — «Chelsi» 1:2
Gollar: 1:0 – 44 Sterling, 1:1 – 63 Ziyosh, 1:2 – 90+3 Alonso.
«Manchester Siti»: Ederson, Mendi (Zinchenko, 80), Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, Ferran Torres (Gundo‘g‘on, 71), Rodri, Sterling, Lyaport, Gabriel Jezus, Aguero (Foden, 70).
«Chelsi»: Mendi, Alonso, Ryudiger, Kristensen (Zuma, 45), Jeyms, Ziyosh (Hadson-Odoi, 76), Kante (Jorjinyo, 68), Pulishich, Gilmor, Aspilikueta, Verner.
Ogohlantirishlar: Sterling (12), Gabriel Jezus (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:15, 09.05.2021.
O'qildi: 8992 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик