Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Real», «Barselona» va «Yuventus» qo‘shma bayonot berishdi

«Real», «Barselona» va «Yuventus» qo‘shma bayonot berishdi

Baho:
+1 | -

«Barselona», «Real» va «Yuventus» klublari Yevropa superligasi loyihasi atrofida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo‘shma bayonot berishdi.

«Superliga ta’sischi-klublariga nisbatan tahdidlar, bosimlar va haqoratlar bo‘ldi hamda bu holat hamon davom etmoqda. Bu orqali bizni Superligadan voz kechishga majbur qilishmoqchi. Shunday yo‘l bilan klublarga futbol tizimini muzokara yo‘li bilan hal qilishga yo‘l qo‘yishmayapti.

12ta klub Yevropa superligasini quyidagi maqsadlarda tashkil qilishdi:

a) Hozirgi beqaror vaziyatda futbol sanoatiga nisbatan yechim taqdim etish. 12ta ta’sischi-klublar Yevropaning boshqa jamoalari kabi birdek xavf ostida qolishdi. Ijtimoiy-iqtisodiy holatni inobatga olganda, mazkur sport turi yashab qolishi uchun ayni paytda islohotlar juda ham zarur. Shu bois, 18 aprel kuni klublar Superligani tashkil qilish hamda UYEFA va FIFA bilan muloqotga kirishish istagini bildirishdi.

b) Hozirgi futbol tizimiga ulkan hurmat bilan yondashamiz. Ta’sischi-klublar shunga kelishishgan ediki, musobaqa UEFA va/yoki FIFA tomonidan tan olinsagina Superliga o‘tkazilar edi. Shuningdek, musobaqa milliy chempionatlar bilan parallel ravishda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo, yuqoridagilarni ma’lum qilganimizga qaramay, UEFA va FIFA muloqotga kirishishdan bosh tortib kelmoqda.

c) Yuzaga kelgan chuqur iqtisodiy inqiroz tufayli ko‘pgina klublarning yo‘qolib ketishini oldini olish uchun Yevropaning butun futbol oilasida moliyaviy barqarorlik olib kirish. Yevropa klublariga to‘lanishi rejalashtirilgan har yillik to‘lovlar hozirda UEFA to‘layotgan puldan bir necha marta ko‘pligi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Biz aniq, shaffof va samarali nazorat tizimini yaratish orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash qoidasini o‘z zimmamizga oldik.

12ta ta’sischi-klub Superliga orqali jahondagi muxlislarga eng yuqori darajadagi shou tashkil qilib berish va futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkinligini tan olishdi. Bundan tashqari, musobaqaning eng asosiy maqsadlaridan biri ayollar futbolini jahon darajasiga olib chiqish edi. Bu futbolning ulkan, ammo hozirda oxirigacha baholanmagan imkoniyatlaridan biri.

Superligani tashkil qilish tashabbusini barcha turlicha qabul qilganini biz tushunib turibmiz. Bunday munosabatning sabablarini tahlil qilish haqida o‘ylaymiz. Biz taklifni imkon qadar qayta ko‘rib chiqishga tayyormiz. Ammo biz Superliga g‘oyasidan voz kechsak, bu mas’uliyatsizlik bo‘lardi.

Afsus bilan shuni ta’kidlaymizki, Superliga loyihasini tashkil qilishdagi do‘st-hamkorlarimiz kecha UEFA oldida bir qator majburiyatlarga imzo chekib, zaddiyatga tushib qolishdi. Ular izjil harakat qilishmayapti. Ammo yuzaga kelgan muammolar esa yo‘qolib qolgani yo‘q. UEFA tomonidan bizga bo‘layotgan tahdidlarga qaramay, biz muxlislar va manfaatdor tomonlar oldidagi majburiyatlarimizni bajarish maqsadida, futbolning rivoji va uning moliyaviy barqarorligi yo‘lida adekvat qarorlar qabul qilinishi uchun mas’uliyat va dadil harakat qilishimiz kerakligini yana bir marta ta’kidlaymiz.

FIFA, UEFA va barcha manfaatdor tomonlarga yana bir marta shuni ta’kidlaymizki, barcha futbol oilasining barqarorligini ta’minlash maqsadida kerakli yechimni qabul qilish uchun hurmat bilan va bosimlarsiz, qonunlarga mos ravishda munozaralarga kirishishga bo‘lgan maqsadimiz jiddiy», – deyiladi klublar tarqatgan bayonotda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:31, 09.05.2021.
O'qildi: 10220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.