Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

A Seriya. «Milan» Turinda «Yuventus»ni yanchib tashladi (videosharh)

A Seriya. «Milan» Turinda «Yuventus»ni yanchib tashladi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 35-turi doirasida «Yuventus» «Milan»ni qabul qildi. «Alyans Stedium» o‘yingohida kechgan bahsda maydon egalari raqiblaridan javobsiz 3ta gol qabul qilib olgan holda, yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi.

Dastlab, deyarli teng kurashlar asnosida o‘tgan birinchi bo‘limda mehmonlar Braim Diasning qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan goli evaziga g‘alaba bilan tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi taym o‘rtalarida esa, Rebich raqib darvozasiga gol kiritib, hisobni yana bittaga oshirib qo‘ygan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalar yaqinlashayotgan bir pallada «Yuventus» o‘z darvozasidan uchinchi to‘pni ham olib chiqishga majbur bo‘ldi.

Ushbu, o‘yinga nuqta qo‘ygan gol esa Fikayo Tomori hisobiga yozildi. Yakunda hisob, 0:3, «rossioneri» Turindan muhim bo‘lgan 3 ochkoni olib qaytmoqda.

Shu tariqa, bugungi o‘yin natijasiga ko‘ra, hozirgacha 72 ochko to‘plagan «Milan» kuchli uchlikka yakun yasab bermoqda. 35 turdan keyin, hisobidagi 69 ochko bilan «Yuventus» esa beshinchi pog‘onani band etdi.

«Yuventus» – «Milan». 0:3(1:0,2:0) «Alyans Stedium»

Gollar: 0:1 – 45 Braim Dias, 0:2 – 78 Rebich, 0:3 – 82 Tomori.

«Yuventus» – Shchensni, Kyellini, Aleks Sandro, de Ligt, Makkenni, Kuadrado, Bentankur (Kulusevski, 67), Rabyo, Kyeza (Dibala, 79), Ronaldu, Morata.

«Milan» – Donnarumma, Kalabriya, Tomori, Kyer, Teo, Chalxanoglu, Bennaser (Diogu Dalot, 82), Kessie, Salemakers (Meyte, 82), Braim Dias (Krunich, 70), Ibragimovich (Rebich, 66).

Ogohlantirishlar:
Kyeza (53), Kyellini (57), Braim Dias (59), Salemakers (76).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:46, 10.05.2021.
O'qildi: 7987 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.