Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Otabek Shukurov "Sharja" bilan xayrlashdi

Otabek Shukurov "Sharja" bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda BAAning «Sharja» klubi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov klubini o‘zgartiradi.

24 yoshli futbolchi «instagram»dagi sahifasida 4 yil davomida faoliyat olib borgan klubini tark etayotganini ma’lum qilgan.

«Bu yerdagi ilk kunlarimdanoq bu mamlakat va shaharni hamda «Sharja» muxlislarini yaxshi ko‘rib qolganman. Sharja – bir umrga yuragimdan joy olgan. O‘zimni har doim sharjalik deb his qilaman. Barcha-barchasi uchun rahmat!», – deya klubi bilan xayrlashgan Otabek Shukurov.

Ma’lumot uchun, «Sharja» klubi yakuniga yetayotgan BAA Pro ligasi joriy mavsumida 25-turdan keyin 48 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan. Sharjaliklar mavsumning so‘nggi o‘yinini 11 may kuni safarda «Al-Ittihod Kalba»ga qarshi o‘tkazishadi.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Shukurov 2017 yil yakunida «Bunyodkor»dan erkin agent sifatida BAAning «Sharja» klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Qariyb 4 yillik faoliyati davomida 24 yoshli yarimhimoyachi sharjaliklar bilan 2019 yilgi mavsumda BAA chempioni va Superkubogi sohibiga aylangandi. Joriy mavsumda esa jamoa bronza medaliga ega chiqishga yaqin.

Kiritildi: 14:16, 10.05.2021.
O'qildi: 11418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик