"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining "Milan"ga qarshi o‘yin (0:3)dan keyingi tiklanish mashg‘ulotida ishtirok etmadi.
U klub prezidenti Andrea Anyelli bilan birgalikda Maranello shahridagi "Ferrari" zavodiga tashrif buyurdi. Ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod "Yuventus"ga egalik qiladigan Anyellilar oilasiga tegishli hisoblanadi.