Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"

Prevyu. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"

Baho:
+ | -

"Sherlar" Superliganing 8-turida Toshkentda "Qo‘qon-1912"ni qabul qilishadi.

Deyarli bir yarim oyga yaqin tanaffusdan keyin Xyuistra shogirdlari yana "Paxtakor" stadionida o‘yin o‘tkazadi. Raqib esa sovrindor o‘rinlar uchun kurashayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bo‘ladi. Qo‘qonliklar joriy mavsum hozircha safardagi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishmadi va bu uchrashuv intrigasini yanada oshiradi.

Qo‘qonliklar bilan kechadigan bellashuvni diskvalifikasiya sababli Yegor Krimes o‘tkazib yuboradi. Raqibda bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 30 bahsning 18tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 7 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 5 marta raqib g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 79 marta ishg‘ol qilgan toshkentliklar 41 gol o‘tkazib yuborishgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 13tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, bittadan to‘qnashuv durang va mehmonlar yutug‘i bilan tugagan. 6 bahsda mezbonlar yirik hisobda zafar quchgan. Uyda 54 to‘p kiritgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 18 gol olib chiqishgan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yil kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" 7:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan yili Toshkentda "Paxtakor" 2:1 natijasi bilan muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 may, chorshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:50da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:21, 11.05.2021.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик