Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

UEFA prezidenti: «Biz muxlislarni bundan mahrum qilishni istamadik»

UEFA prezidenti: «Biz muxlislarni bundan mahrum qilishni istamadik»

Baho:
+ | -

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin «Manchester Siti» va «Chelsi» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finalining Istanbuldan «Portu»ga ko‘chirilishi haqida gapirdi.

«Biz so‘nggi yilni hech qachon takrorlamasligimizga umid qilamiz. 12 oydan ko‘proq vaqt davomida muxlislar o‘z jamoalarini jonli ravishda ko‘ra olmaslikdan aziyat chekishdi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqish klub futbolining eng yuqori cho‘qqisi hisoblanadi.

Biz muxlislarni Chempionlar Ligasi finalini ko‘rish imkoniyatidan mahrum qila olmadik. O‘z navbatida, bunga yechim topa olganimizdan xursandman.

Muxlislar og‘ir o‘tgan 1 yilga chidash berganliklaridan so‘ng, mavsumning eng katta o‘yinida o‘z jamoalarini jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi.

Biz yana portugaliyalik do‘stlarimizga murojaat qilib, UEFA va Chempionlar Ligasida yordam berishlarini so‘radik.

Har doimgidek, murakkab vaziyatda o‘yinni o‘tkazishga rozi bo‘lganligi uchun Portugaliya futbol federasiyasi va mahalliy hokimiyatdan juda minnatdorman», - deya Cheferinning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Oldinroq, epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani bois Final amaldagi mezbon hududdan boshqa joyga, xususan, London yoki Portuga ko‘chirilishi haqida bir qancha xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Portudagi Chempionlar Ligasi finalida «Manchester Siti» va«Chelsi»jamoalaridan jami 6 ming muxlisi ishtirok etishi mumkin. O‘yin 29 may kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Kiritildi: 17:22, 13.05.2021.
O'qildi: 5211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.