Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Alam ustiga alam...

Alam ustiga alam...

Baho:
+1 | -

Eden Azar «Real» safiga qo‘shilganidan buyon ilk marta sobiq klubi - «Chelsi» stadioniga tashrif buyurdi va madridlik muxlislardan o‘ziga nafrat «sotib oldi». «Qirollik klubi»ning o‘yinda 0:2 hisobida yutqazib, CHL finalidan chetda qolgani belgiyalik yarim himoyachi reaksiyasida uncha sezilgani yo‘q.

«Real Madrid» muxlislari hozirda boshqa o‘yinchilar va Azarning mag‘lubiyatga reaksiyasini solishtirib, belgiyalikka g‘azab bilan qarashmoqda: «Krishtianu Ronaldu 2012 yili «Bavariya»ga yutqazilganidan keyin «Real»dan CHLdagi 1ta g‘alaba uchun qarzdor ekanligi va boshqa yutqazishni xohlamasligini aytgandi. U shunga yarasha, keyinchalik CHL bosh sovrinini 4 marta boshi uzra baland ko‘tardi. Endi Azarning mag‘lubiyatga munosabatiga qarang...».

Eden Azarning CHL yarim finalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi birinchi o‘yindagi statistikasi: 24 daqiqa harakat, zarba yo‘q. O‘sha bahsda kuchlar teng keldi - 1:1. Madriddagi uchrashuvdan keyin suratkashlar Azarning jilmayib turgan holatini «ushlashdi». Belgiya­lik yigit quvnoq holda, eski jamoadoshlari bilan suhbatlashib, ularni samimiy quchoqladi.

5 may kuni esa Eden Azar «Real» tarkibida ilk marta «Stemford Brij»ga tashrif buyurdi. «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘yin­dan oldin aynan belgiyalikka alohida to‘xtaldi: «U bu yerga tayyor holda keldi, bu quvonarli hal, albatta. Eden bizga kerak, qanday salohiyatga egaligini yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, u jamoaga yordam bera oladi».

Amalda Azar «Real»ga aytarli yordam berolmadi. Uning javob o‘yinidagi statistikasi: 89 daqiqa harakat, 1ta zarba, bu ham noaniq. Qolaversa, Azar 3ta vaziyatda yaqqol xato qilib, to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi, 5ta yakkakurashda yengildi. Yakunda «Real» 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni tan olib, CHLdan chiqib ketdi. Bunday holatda har qanday futbolchi kiyinish xonasida jamoa alamiga sherik bo‘lishi kerak. Biroq Azar boshqacha yo‘l tutdi - yana «Chelsi» vakillari yoniga oshiqdi, ular bilan kulishib, chaqchaqlashdi. U hattoki, o‘ziga tanish bo‘lmagan Eduar Mendi bilan ham hazillashdi (to‘g‘ri, bunda asosan Kurt Zumaga qarab kuldi).

M.PO‘LATOV  tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 15.05.2021.
O'qildi: 9660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.