Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

A Seriya. Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda "Jenoa" mag‘lubiyatga uchradi

A Seriya. Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda "Jenoa" mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 37-turida «Jenoa» o‘z maydonida «Atalanta»ni mehmon qildi.

Uchrashuvda hisob 9-daqiqada Duvan Sapata tomonidan ochildi, 29-daqiqada esa Ruslan Malinovskiy oradagi farqni oshirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Robin Gozens ham gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov tushirildi. Aynan u 48-daqiqada «Atalanta» himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va darvozani aniq nishonga oldi — 3:1. Shundan so‘ng jamoalar yana bittadan gol urishga erishdi.

Mehmonlardan Mario Pashalich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, genuyaliklar safida Goran Pandev 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. O‘yin tugashi arafasida Shomurodov yana bir gol urib, A Seriyadagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi.

"Jenoa" – "Atalanta" 3:4

Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 Shomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 Shomurodov.

"Jenoa" – Marketti, Gilyone (Portanova, 57), Masyello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (Shomurodov, 46), Zays (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyasa, Destro (Pandev, 46).

"Atalanta" – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk (Muriel, 89), Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).

Ogohlantirishlar: Gimshiti (62), Toloi (71), Rovella (88).

Kiritildi: 20:04, 15.05.2021.
O'qildi: 5760 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик