Kirish Ro'yxatdan o'tish

VAR faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda

VAR faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ushbu mavsumda O‘zbekiston Superligasiga VAR tizimini joriy etdi.

Hozirgacha 8 tur davomida 16 uchrashuvda VAR texnologiyasidan foydalanildi. Ana shu uchrashuvlar Superliga va Proliga hakamlari ishtirokidagi onlayn-seminarda tahlil qilinmoqda. Seminarni FIFA instruktori Farhod Abdullayev olib bormoqda.

Ikki kun davomida hakamlar barcha epizodlarni atroflicha ko‘rib chiqib, VAR bilan ishlashni yanada yaxshilash bo‘yicha hulosalarga ega bo‘lishmoqda. Albatta, dastlabki mavsumda yangi tizimda ba’zi kamchiliklar uchrab turibti.

Ularni bartaraf etish, operativlik va aniqlikni oshirish bo‘yicha FIFA mutaxassisi o‘z tavsiyalarini beryapti. 16 may kuni onlayn-seminar o‘z ishini davom ettiradi.

Kiritildi: 23:25, 15.05.2021.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.