Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Sevilya 2-1 Malyorka
23/04 20:30 O‘zbekiston 3-0 Vyetnam
23/04 20:30 Kuvayt 2-1 Malayziya
24/04 00:00 Arsenal 5-0 Chelsi
24/04 12:00 Tojikiston - Afg‘oniston
24/04 14:00 Eron - Qirg‘iziston
24/04 16:00 Tailand - Iroq
24/04 19:00 O‘zbekiston - Vyetnam
24/04 22:00 Loryan - PSJ
24/04 23:45 Vulverhempton - Bornmut
25/04 00:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted - Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton - Liverpul
25/04 00:00 Monako - Lill
25/04 00:00 Marsel - Nissa
25/04 19:00 Qatar - Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya - Indoneziya
26/04 00:00 Brayton - Manchester Siti

Bu ayollar Neymarni rom etishganmi yoki... aksincha?

Bu ayollar Neymarni rom etishganmi yoki... aksincha?

Baho:
+ | -

«PSJ»ning 29 yoshli hujumchisi Neymar bu yil CHL yarim finalida to‘xtadi. Braziliyalik yulduzning maydondagi xatti-harakati hammaga birdek yoqavermasada, muxlisalar, eng dilbar va maftunkor ayollar orasida uni o‘zgacha qadrlaydiganlar yetarlicha topiladi. Neymarni o‘z chiroyiga rom etgan nozaninlar ro‘yxati dalildir. Ehtimolki, Neymar ularni mahliyo qilgandir. Ha-ya, braziliyalik futbolchi yaqinda oshkora tan oldi: «Kimnidir tezroq chinakamiga sevib qolish va u bilan to‘laqonli oila yaratishdan umidvorman». Telegraph nashri esa hujumchining shu gapi bahona uning hayotidagi mahbularini sanab chiqishga harakat qildi.

Karolina Dantas

Braziliyalik yulduz avvallari asosan modellar, aktrisalar, teleboshlovchilar, qo‘yingki, shunchaki, ehtirosi baland taniqli go‘zallar bilan ishqiy munosabat o‘rnatardi. Deylik, uning birinchi mahbubasi - Karolina Dantas model va aktrisalik yo‘nalishida nom qozongan. Neymar u bilan 2010 yili tanishgan. O‘sha vaqt futbolchi «Santos»da o‘ynardi. Biroq juftlikning ittifoqi atigi bir yilga cho‘zildi, xolos. Neymar bu oraliqda ota bo‘lishga ham ulgurdi - Karolina 2011 yilning 13 avgustida uni o‘g‘il chaqaloq bilan siyladi. Aytishlaricha, braziliyalik futbolchi hamon Davi Lukka (o‘g‘lining ismi) tarbiyasiga befarq emas. U o‘g‘liga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilish maqsadida Dantas xonim bilan ham do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan.

 

Barbara Evans

Karolina bilan yashashdan bosh tortgan Neymar keyinchalik yana bir model Barbara Evansga ko‘ngil qo‘ydi. Biroq navbatdagi muhabbat qissasi atigi 2 oyda yakuniga yetdi. Sabablari esa ma’lum emas. Qisqasi, havoyi sevgi...

 

Patrisiya Jordan

Braziliyalik yulduz Barbara ortidan yana modellar dunyosiga qiyo boqdi: 2013 yili maftunkor qorasoch Patrisiya Jordan yosh futbolchi qalbini rom etdi. U hattoki, mashhur jurnal muqovasini ajoyib sarlavha («Neymarni sehr­lagan qorasoch»)li surati bilan bezadi. Biroq futbolchi o‘z muhabbati doston bo‘lishini istamadimi, har holda, o‘sha jurnalni shaxsiy imidjidan ruxsatsiz tijorat maqsadida foydalanganlikda ayblab, hattoki, sudga murojaat qildi. 

 

Bruna Markezini

Xullas, Neymar navbatdagi muhabbat qissasiga mojaro bilan nuqta qo‘ydi va Rio-de-Janeyrodagi karnaval chog‘i braziliyalik aktrisa va model Bruna Markezini bilan tanishdi. Aytish o‘rinli, aynan Bruna futbolchining haqiqiy mahbubasiga aylandi. Binobarin, ko‘pchilik ikkisining munosabatini jiddiy qabul qildi, OAVda esa ularga nisbatan «Oltin juftlik» iborasi ishlatildi. Ammo o‘rtadagi katta masofa va juda kam uchrashish oqibatidami, «Oltin juftlik» qissasiga darz yetdi, keyin Neymar bunga nuqta qo‘ya qoldi.

 

Gabriella Lenzi

JCH-2014 arafasida Neymarning hayotida yana bir go‘zal ayol paydo bo‘ldi - superqomatli supermodel Gabriella Lenzi. E’tiborli tomoni, futbolchi braziliyalik ushbu hurliqoga nisbatan his-tuyg‘ularini oshkora namoyish etdi. Deylik, ijtimoiy tarmoqlarda Lenzi bilan tushgan suratlari ko‘payib ketdi. Biroq... Ularni oxirgi marta Braziliya milliy jamoasining uy mundialida Germaniya termasiga qarshi kechgan sharmandali o‘yinidan ko‘p o‘tmay, uzoq Ibisada birga ko‘rinish berishdi, keyin nima bo‘lgani mavhum...

 

Sorayya Vuchelich

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Neymar yana Ibisada ko‘rinish berdi, bu safar yangi xonimcha hamrohligida. Gap  turli jurnallar muqovasida bir necha marta ochiq suratlari chiqqan serbiyalik jozibali model Sorayya Vuchelich haqida ketmoqda. Manbalarda yozilishicha, braziliyalik hujumchi o‘shanda Sorayyaga hattoki, xususiy samolyotini ham ajratgandi - Ispaniya tomon tez va oson uchishi uchun.

 

Jenni Andrade

Neymar 2015 yilgi Yangi yil bazmida kutilmaganda, UFC yo‘nalishidagi eng mashhur oktagon yulduzi Jenni Andrade bilan birga ko‘rinish berdi. U keyinchalik braziliyalikni bevosita qo‘llab-quvvatlash uchun hattoki, «Barselona»ning ba’zi o‘yinlariga tashrif buyurdi. OAVda esa ushbu juftlik futbol olamidagi «Ken va Barbi» sifatida ta’riflandi.

 

Kerolin Kaputo

«Barselona»da o‘ynagan Braziliya futboli bosh yulduzi 2017 yili o‘z yurtidagi hashamatli qasrida yana bir taniqli model Kerolin Kaputo bilan birga ta’til o‘tkazdi. Romantikaga yo‘g‘rilgan munosabatlar. Biroq Neymar ham, Kaputo ham o‘rtalarida muhabbat nish urganini biror marta tasdiqlamadilar.

 

Natali Barulich

Braziliya milliy jamoasi yetakchisi 2020 yili tug‘ilgan kunining tantanali marosimiga yana bir model - Natali Barulichni taklif etdi. Xorvatiyalik va kubalik oilasida tug‘ilgan amerikalik xonim bunga qadar kolumbiya­lik taniqli qo‘shiqchi Maluma bilan birga yashagandi. Futbolchi shuning ortidan «PSJ»da turli hazil va kalakalar ostida qoldi. Neymar oradan ko‘p o‘tmay, o‘z an’anasini eslab qoldi va Natali bilan munosabatlariga chek qo‘yib, yana bo‘ydoq maqomini oldi...

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:01, 16.05.2021.
O'qildi: 5138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.