Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

MOQ rahbariyati musobaqadan so‘ng yengil atletikachilarimiz bilan uchrashdi

MOQ rahbariyati musobaqadan so‘ng yengil atletikachilarimiz bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqadan so‘ng MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov sportchilarimiz bilan uchrashishdi.

O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi bazasida o‘tgan suhbatda federasiya raisi Andrey Abduvaliyev, uch hatlab sakrash ustasi Ruslan Kurbanov hamda uzunlikka sakrovchi Javohir Noriyev ishtirok etishdi.

Suhbat davomida MOQ rahbariyati Olimpiya o‘yinlari lisenziyalariga da’vogarlik qilayotgan sportchilarimizning holati, kayfiyati, oilaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, ularning ijtimoiy sharoiti, maqsadlari haqida suhbatlashishdi.

Ta’kidlash joiz, har ikki atletimiz ham ancha yuqori bo‘lgan Tokio-2020 normativlarini hozircha bajarishgani yo‘q. Biroq unga juda yaqin kelishgani bois, ularning reyting orqali litsenzion hududga kirish ehtimoli baland.

Mutasaddilar Olimpiada sikli yakunlanguncha qaysi musobaqalarda ishtirok etishlari, tayyorgarlik rejalari xususida batafsil gaplashishdi. Yakunda MOQ rahbariyati hukumatimiz tomonidan atletlarimizning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganlarini aytib, ularning kelgusi faoliyatida omad tilab qolishdi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 01:54, 17.05.2021.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.