Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — Pro-ligada chempionlikni qo‘lga kiritish»

Ilhomjon Mo‘minjonov: «Maqsadimiz — Pro-ligada chempionlikni qo‘lga kiritish»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov "Sho‘rtan"ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklab qolaman. O‘yin qiyin kechdi deb o‘ylayman. Chunki, har bir futbolchi, har bir murabbiy jamoalarning natijalarini hisobga olib harakat qiladi. Shundan kelib chiqib bugun psixologik tayyor emasligimiz bilindi. Lekin, qiyinchilik bilan bo‘lsa ham baribir jamoamiz bugun g‘alaba qozondi.

Ochko olib maqsad sari intilamiz. Maqsadimiz esa, chempionlikni qo‘lga kiritib Superligaga yo‘l olish. Keyingi "Oq-tepa" jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinimiz oson kechadi deb o‘ylamayman. Chunki, "Oq-tepa" klubi yaxshi shakllangan. Shuning uchun bu bellashuvga jiddiy tayyorgarlik olib boramiz.

Doston Toshmatovga kelsak, uning diskvalifikasiyasi yakuniga yetdi. Ertadan boshlab jamoamiz mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda. Uni ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorlaymiz va ro‘yxatga kiritamiz. Doston o‘tgan yili Pro liganing to‘purari bo‘lgan va saviyasi yuqori darajali futbolchi.

Pozision o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Sababi, bizga qarshi bellashuvda har bir jamoa himoyadan o‘yin ko‘rsatadi. Bugun markazda va hujum chizig‘imizda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Lekin, kiritgan har ikkala golimiz ham himoyachilarimiz yordamida amalga oshirildi.

Bugungi o‘yinni qaytadan ko‘rib, o‘rganib chiqamiz. Futbolchilarimiz ham o‘zlaridan xulosa chiqarishadi va keyingi uchrashuvlarda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishadi.

Bugungi raqibimizning himoyaviy o‘yin uslubida harakatlanishlarini o‘ylagandik. Bu kabi jihatlar futbolchilarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Lekin, yakunda baribir g‘alaba qozonib, 3 ochkoga ega bo‘ldik", — dedi Ilhomjon Mo‘minjonov.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 06:30, 17.05.2021.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.