Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «So‘g‘diyona»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Superliga. «Qo‘qon-1912» - «So‘g‘diyona»: o‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Superliga 9-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi 18 may kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 30 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 9 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 14 ta bahsda jizzaxliklar qo‘li baland kelgan. Yettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 48-35, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 34 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 49 tani tashkil etadi.



Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

14.03.2020 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona  - 2:1
30.07.2019 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona  - 1:2
25.11.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona  - 0:0
29.07.2018 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona  - 2:1
20.06.2017 Qo‘qon-1912 - So‘g‘diyona  - 3:2

Hakamlar. Qo‘qonga VAR keladi
18 may kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvini FIFA xakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradigan bo‘ldi. Shuningdek 9-turga kelib Qo‘qonga VAR tizimi ham keladi.

"So‘g‘diyona" jamoasini hali superligada mag‘lub bo‘lmaganini hisobga olsak , Qo‘qondagi o‘yin murosasiz o‘tishini taxmin qilish qiyin emas.

Coca-Cola Superliga. 9-tur
18 may, seshanba
QO‘QON-1912 – SO‘G‘DIYONA
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynulin, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchi: Vladislav Seytlin
Operator: Sherali Jonaliyev
Texnik mutaxassis: Muhitdin Qambarov
Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" - “So‘g‘diyona” uchrashuvi ertaga, seshanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 17:30 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 9-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin Qo‘qon shahridagi "2-BO‘SM” stadionida soat 17:00 da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:57, 17.05.2021.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.